Korporativ test docx




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana03.01.2024
Hajmi0,79 Mb.
#129657
1   2   3
Bog'liq
Korporativ 7

#NPV ˃ 0 holatida;
====
NPV ≥ 0 holatida;
====
NPV ˂ 0 holatida;
====
NPV ≤ 0 holatida.
++++
Investitsiyalar samaradorligini baholashda keng foydalaniladigan koʻrsatkichlardan
biri keltirilgan javobni belgilang.
====
#daromadlilikning ichki me’yori;
====
bitta aksiyaga toʻgʻri keladigan daromad miqdori;
====
qayta moliyalash stavkasi;
====
inflyatsiya darajasi;
++++
NPV nolga teng boʻlganda investitsion loyiha boʻyicha pul oqimlarining sof joriy
qiymatini aniqlashga xizmat qiluvchi diskontlashning koeffitsientlari yoki foiz
stavkalarini anglatadigan koʻrsatkichni belgilang.
====
#IRR;
====
fc;
====
EPS;
====
CIF.
++++
10. IRR qanday holatda loyiha amalga oshirish uchun qabul qilinadi?
====
#IRR ˃ r;
====
IRR ˃ NPV;
====
IRR ˂ r;
====
IRR ≠ r.
++++
Kelishilgan muddat davomida ma’lum bir mukofot summasi hisobiga belgilangan
miqdordagi tovarlar yoki moliyaviy instrumentlarni belgilangan narx boʻyicha sotib
olish yoki sotish huquqini beruvchi bitim nima deb ataladi?
====
#opsion;
====
lizing;
====
fyuchers;
====
obligatsiya.
++++


Opsion koll qanday huquqni beradi?
====
kelajakda bitimda belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini beradi;
====
oʻz egasiga kelajakda bazis aktivini bitim shartlariga muvofiq sotish huquqini beradi;
====
oʻz egasiga kelajakda bazis aktivi boʻyicha bitim shartlariga muvofiq belgilangan
miqdordagi foydani olish imkonini beradi;
====
korporativ moliyada opsion koll tushunchasi amal qilmaydi.
++++
Opsion put sotib oluvchiga qanday huquq beradi?
====
#oʻz egasiga kelajakda bazis aktivini bitim shartlariga muvofiq sotish huquqini
beradi;
====
kelajakda bitimda belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini beradi;
====
oʻz egasiga kelajakda bazis aktivi boʻyicha bitim shartlariga muvofiq belgilangan
miqdordagi foydani olish imkonini beradi;
====
korporativ moliyada opsion put tushunchasi amal qilmaydi.
++++
Qaysi opsion amal qilish muddatining tugaguniga qadar istalgan paytda bajarilishi
mumkin?
====
#Amerika opsioni;
====
Evropa opsioni;
====
Fyuchers opsioni;
====
Fond opsioni.
++++
Qaysi opsion turi muddatning tugash kuniga kelib ijro etilishi mumkin?
====
#Yevropa opsioni;
====
Fyuchers opsioni;
====
Amerika opsioni;
====
Fond opsioni.
++++
Sotilgan aksiyalar soniga muvofiqlikda aksiyadorlar oʻrtasida aniq bir davr boʻyicha
taqsimlanadigan korxona foydasining bir qismi nima deb ataladi?
====
#dividend;
====
foiz;
====
royalti;
====
ijara haqi.
++++
Korxonaning bozor qiymatini va mulkdorlar turmush farovonligini oshirish
maqsadida foydaning iste’mol qilinadigan va reinvestitsiya qilinadigan qismlari
oʻrtasidagi proporsiyani optimallashtirishga yoʻnaltirilgan korxona moliyaviy
siyosatining tarkibiy qismi nima deb ataladi?


====
#dividend siyosati;
====
foiz siyosati;
====
soliq siyosati;
====
kredit siyosati.
++++
Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar qanday holatlarda toʻlanishi mumkin?
====
#faqatgina jamiyat tomonidan barcha xarajatlar qoplangandan soʻng, muomalaga
chiqarilgan obligatsiyalar va olingan kreditlar boʻyicha foizlar, soliqlar va imtiyozli
aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlangandan soʻng toʻlanadi;
====
imtiyozli aksiyalar bilan bir vaqtda toʻlanadi;
====
davlat tomonidan ruxsat berilgan holatlarda toʻlanadi;
====
muomalaga chiqarilgan obligatsiyalar va olingan kreditlar boʻyicha foizlar boʻyicha
majburiyatlar qoplangandan soʻng toʻlanadi.
++++
4. Aksiyadorlik jamiyatlarida dividend toʻlash boʻyicha vaqt oraliqlari toʻgʻri
koʻrsatilgan javobni belgilang.
====
#yilning har choragida, har yarim yilda yoki yiliga bir marta;
====
har yarim yilda, yiliga bir marta yoki har besh yilda bir marta;
====
har chorakda, yiliga toʻrt marta yoki har ikki yilda bir marta;
====
aksiyadorlik jamiyati tomonidan istalgan vaqt oraligʻi olinishi mumkin.
++++
5. Dividend toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibini bilasizmi?
====
#kuzatuv kengashi tavsiyasiga koʻra aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan qaror
qabul qilinadi;
====
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan mustaqil qaror qabul qilinadi va dividend
miqdori belgilanadi;
====
kuzatuv kengashi tomonidan dividend miqdori belgilanadi va ijro etuvchi organ bu
haqda qaror qabul qiladi;
====
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi buyrugʻi asosida dividend toʻlanadi.
++++
Ustav kapitali toʻliq shakllanmagan boʻlsa, dividendlar toʻlanadigan paytda jamiyatda
toʻlovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) belgilari boʻlsa yoki dividendlar toʻlash
natijasida jamiyatda shunday belgilar paydo boʻlsa, jamiyat sof aktivlarining qiymati
uning ustav va zaxira fondlari summasidan kam boʻlsa aksiyadorlik jamiyat qanday
qaror qabul qilishi mumkin emas.
====
#dividend toʻlash toʻgʻrisida;
===
qarz mablagʻi jalb qilish toʻgʻrisida;
====
mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish toʻgʻrisida;
====
asosiy vosita sotib olish toʻgʻrisida.


++++
Imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividend miqdori qanday aniqlanadi?
====
#jamiyat ustavida qat’iy pul summasida yoki imtiyozli aksiyalarning nominal
qiymatiga nisbatan foizlarda belgilab qoʻyiladi;
====
foydadan kelib chiqqan holda umumiy yigʻilish tomonidan belgilanadi;
====
qat’iy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan belgilanadi;
====
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunida aksiya nominal qiymatiga nisbatan
5 foiz qilib belgilangan.
++++
Dividend siyosatida EPS koʻrsatkichi oʻzida nimani ifodalaydi?
====
#bitta aksiyaga toʻgʻri keladigan foyda miqdorini;
====
dividend toʻlash uchun moʻljallangan umumiy summani;
====
imtiyozli aksiyalar boʻyicha qat’iy belgilab qoʻyilgan dividend miqdorini;
====
reinvestitsiyalash miqdorini.
++++
Qonunchilik tomonidan taqdim etilgan engilliklar va soliq majburiyatlarini
qisqartirishning boshqa qonuniy usullaridan foydalangan holda soliqlar va mujburiy
ajratmalarni kamaytirish boʻyicha belgilanadigan moliyaviy rejalashtirish turi nima
deb ataladi?
====
#soliqlarni rejalashtirish;
====
biznesni rejalashtirish;
====
korporativ rejalashtirish;
====
moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini rejalashtirish.
++++
Soliqlarni rejalashtirish bosqichlarini oʻzaro ketma-ketlikda sanab oʻting.
====
#soliqlarni strategik rejalashtirish, soliqlarni joriy rejalashtirish, soliqlarni operativ
rejalashtirish
====
soliqlarni prognozlash, soliq hisobotini prognozlash, soliq kalendarini tuzish
====
soliq doirasini belgilash, soliqlarni operativ va joriy rejalashtirish;
====
soliqlarni operativ rejalashtirish, soliqlarni rejalashtirish samaradorligini baholash.
++++
Nima uchun umumbelgilangan tartibda soliq toʻlovchi yuridik shaxslar qoʻshilgan
qiymat soligʻidan ozod qilingan kichik biznes korxonalaridan xom ashyo sotib
olishdan qochadi?
====
#mazkur holatda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish mumkin boʻlmaganligi
sababli;
====
qoʻshilgan qiymat soligʻini ikki baravar yuqori stavkada toʻlash belgilab qoʻyilganligi
sababli;
====
qoʻshilgan qiymat soligʻi sotib olingan xom ashyo narxiga qoʻshimcha ravishda


toʻlanishi sababli;
====
kichik biznes korxonalari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinmagan.
++++
Bir kompaniya boshqa bir kompaniya ustidan nazorat oʻrnatsa va oʻzini ushbu
kompaniyaning yangi xoʻjayini deb e’lon qilsa, bunday moliyaviy operatsiya nima
deb ataladi?
====
#qoʻshib olish;
====
ajralib chiqish;
====
qoʻshib yuborish;
====
boʻlinish.
++++
Ikki yoki undan ortiq kompaniyalar asosida yangi kompaniya vujudga kelishi nima
deb ataladi?
====
korporativ birlashish;
====
korporativ boʻlinish;
====
konglomerat qoʻshilish;
====
xoldinglar.
++++
Bitta tarmoqda faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyalarning oʻzaro birlashishi yoki
qoʻshib olinish holatlari qanday birlashish hisoblanadi?
====
#gorizontal birlashish;
====
milliy birlashish;
====
xalqaro birlashuv;
====
vertikal birlashuv.
++++
Aviakompaniyalarning turizm agentliklarini oʻziga qoʻshib olishini birlashish va
qoʻshib olishlarning qanday shakliga kiritish mumkin?
====
#vertikal birlashish yoki qoʻshib olish;
====
gorizontal birlashish yoki qoʻshib olish;
====
aviakompaniyalarning turizm agentliklarini oʻziga qoʻshib olishi ta’qiqlangan;
====
konglomerat qoʻshib olish yoki birlashish.
++++
Konglomerat qoʻshib olish amaliyoti oʻzida nimani nazarda tutadi?
====
#faoliyat yoʻnalishlari oʻzaro bogʻliq boʻlmagan kompaniyalarning biri tomonidan
ikkinchisining qoʻshib olinishi;
====
bitta tarmoqda faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyalarning oʻzaro birlashishi yoki
qoʻshib olinish holatlari;
====
oʻzaro bogʻliq tarmoqlarda yirik kompaniya tomonidan biznesning turli
bosqichlaridagi kompaniyalarni oʻziga jalb etish orqali faoliyatni tashkil etishi;


====
korporativ birlashishlar va qoʻshib olishlar amaliyotida bunday tushuncha amal
qilmaydi.
++++
Oʻzaro birlashayotgan yoki qoʻshib olinayotgan kompaniyalarning mamlakatlarga
mansubligidan kelib chiqqan holda birlashish va qoʻshib olishlarni qanday turlarga
ajratish mumkin?
====
#milliy va transmilliy birlashishlar;
====
gorizontal va vertikal birlashishlar;
====
transchegaraviy birlashishlar;
====
oʻzaro himoyaviy birlashishlar va qoʻshib olishlar.
++++
Korporativ birlashishning ta’minotchilar bilan ishlash samaradorligini oshirishdagi
ahamiyatini qanday izohlash mumkin?
====
#xarid qilinadigan mahsulot va xizmatlar hajmini oshirish hisobiga qoʻshimcha
chegirmalar olish yoki ta’minotchi korxonani oʻzgartirishi mumkinligini bildirgan
holda ta’minotchini xavotirga solish yoʻli bilan qoʻshimcha imkoniyatlarga ega
boʻlish mumkin;
====
ta’minotchini oʻzgartirish imkoniyati paydo boʻladi va bu oʻz navbatida narx
boʻyicha chegirmalar olishga xizmat qiladi;
====
xarid qilinadigan mahsulot va xizmatlar hajmini kamaytirish orqali xarajatlarni
boshqarish imkoniyati yuzaga keladi;
====
ta’minotchini xavotirga solish yoʻli bilan kreditorlik qarzlarini kechiktirish
imkoniyati yuzaga keladi.
++++
Bir xil tarmoqda faoliyat koʻrsatuvchi kompaniyalarning oʻzaro birlashishining
raqobat muhitiga ta’sirini qanday baholash mumkin?
====
#oshkora yoki yashirin tarzda raqobatni chetlab oʻtish va monopoliyaga erishish
imkoniyatini yaratadi;
====
raqobat muhitiga hech qanday ta’sir koʻrsatmaydi;
====
sogʻlom raqobat muhitida oʻzaro birlashishlarga yoʻl qoʻyilmaydi;
====
bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ birlashishlarning raqobatga va monopoliyaga
hech qanday daxli yoʻq.

Download 0,79 Mb.
1   2   3




Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish