|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)Manzura Abjalova
~ 26 ~
so‘zshaklni o‘z ichiga olishi kerakligi ta’kidlana boshlandi. Shubhasiz,
ko‘plab til hodisalarini o‘rganish uchun bu hajm ham yetarli emas.
Shuning uchun, hozirda so‘zlar soni milliard ko‘rsatkichga ham
yetmoqda.
Namoyondalilikni shakllantirishning ikkinchi muammosi – bu
qanday va qaysi matnlardan bir xil minimal hajmni shakllantirish
kerakligi haqidagi savolga javob berish masalasi. Shuning uchun
KorpLingning yana bir muhim tushunchasi paydo bo‘ldi – korpus
muvozanati (rus.
сбалансированность
/ ingl.
balance
). Ushbu
xususiyatni ta’minlash, ayniqsa, milliy korpuslar uchun qiyinroq. Milliy
korpus muayyan tilni u mavjudligining ma’lum bir bosqichida (yoki
bosqichlarida) turli janrlarda, uslublarda, hududiy va ijtimoiy shakllarda,
vaqtli davrlarda va boshqalarda aks ettiradi. Modomiki, korpus tilning
kichik modeli hisoblanar ekan, u holda korpusda tilning turli
xususiyatlariga
mansub
matnlar
o‘zaro
mutanosiblikda,
ya’ni
proporsional bo‘lishi joiz. Adabiyotlarda ushbu nisbatlarga qo‘yilgan
aniq talablar mavjud emas. Shunday bo‘lsa-da, muvozanatlash korpusni
loyihalash bosqichida ham, uning rivojlanish bosqichida ham muhim
jihat sanaladi
28
. Demak, korpusda, imkoni boricha, ma’lum bir tilda
taqdim etilgan yozma va og‘zaki matnlarning barcha turlari (badiiy
matnlarning turli janrlari, publitsistik, ilmiy, rasmiy, shu jumladan
ta’limiy, so‘zlashuv va boshqalar) jamlanishi kerak. Korpusdagi bunday
matnlarning barchasi o‘zaro mutanosib ravishda taqdim etilishi shart. Bu
har xil turdagi matnlarni, ozmi-ko‘pmi, korpus talablarida teng ravishda
taqdim etishni nazarda tutadi. Ushbu xususiyat
muvozanatlashish yoki
muvozanatlashtirish
deb ataladi. Muvozanatga solingan korpuslar
tuzulishiga ko‘ra diskursning janriy xususiyatlari, uslubi va tematikasiga
ko‘ra turli moduslari (yozma va og‘zaki matnlar)dan iborat. Korpusni
qayta ishlashda ushbu jihatlar mutanosiblik tamoyili asosida o‘rnatiladi.
Bunday korpuslar qat’iy chegaralangan hajmga ega bo‘ladi. ushbu
28
Захаров В., Богданова С. Корпусная лингвистика: учебник. 3-е изд., перераб. – СПб.:
Изд-во С.-Петерб. ун-та, 2020. – С. 23.
|
| |