|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)Manzura Abjalova
~ 28 ~
Men o‘g‘lim bilan faxrlanaman.
Izohlaymiz:
Men
(olmosh)
o‘g‘lim
(ot)
bilan
(ko‘makchi)
faxrlanaman
(fe’l)
.
Tarixga nazar.
80-yillarda SGML1 (Standard Generalized Markup
Language) deb nomlangan elektron matnlarni belgilash standarti qabul
qilingan. U tipografiya sanoatida ishlab chiqilgan, ammo tez fursatda
boshqa sohalarga tarqaldi. SGMLning maqsadi shundaki, turli matn
protsessorlarida yozilgan hujjatlarni tahrirlash, tahlil qilish va ularning
istalgancha o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
SGML teglar tushunchasini kiritdi. Teglar (ing. tags) – bu matndagi
xizmat belgilari, matnning o‘zi haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga oladi.
Har bir holat maxsus teglarni belgilash va shu bilan SGML tilining
dialektlarini yaratishish mumkin. SGML belgilash tili – tillarning
“konstruktori”. U juda murakkab til sanaladi va juda kam ishlatiladi.
Ammo uning asosida HTML va XML kabi taniqli belgilash tillari
yaratildi.
Matnli ma’lumotlarni (korpuslarni) teglash uchun bir necha
universitetlar matnlarning qaysi parametrlarini teglash kerakligini
tavsiflovchi tizimni maxsus ishlab chiqdi. Ushbu tizim XMLdan
foydalanadi va
Text Encoding Initiative Guidelines
(
TEI Guidelines
)
29
deb nomlanadi. Bu kodlash, teglash va indeksirlash mumkin bo‘lgan
matnlarning turli xil xususiyatlarining ro‘yxati hisoblanadi. Masalan,
tizim matndagi turli xil tuzatishlar, iqtiboslar, qisqrtmalar, atoqli otlar,
initsial, akronimlar, chet el so‘zlari va boshqalarni sanab o‘tadi. Hozirgi
vaqtda korpuslarni yaratish bo‘yicha deyarli barcha loyihalar (shu
jumladan, Britaniya Milliy korpusi) TEI tavsiyalariga u yoki bu tarzda
amal qilishga harakat qilmoqda
30
.
An’anaga muvofiq teglar burchakli qavslarda juft, ya’ni ochish va
yopish holatida bo‘ladi. Masalan, ochuvchi teg, yopuvchi teg.
Yopish tegi ochish tegida berilgan xabarning tugaganligini bildiradi.
Fikrga yuqoridagi gap bilan misol keltiramiz:
29
http://www.teic.org/Guidelines/index.xml
.
30
Кутузов
А.Б.
Курс
«Корпусная
лингвистика».
–
45
с.
Лицензия:
http://creativecommons.org/licenses/by-sa/3.0/
|
| |