Manzura Abjalova
~ 36 ~
avtomatik ishlov berishda keng qo‘llaniladigan matematik hisob
vositasidir.
Yashirin Markov modeli
stoxastik usulda faol qoʻllaniladi
.
1960-
yillarda Baum L.E. va uning hamkasblari
tomonidan ishlab chiqilgan
mazkur usul statistik jarayonda yuzaga keladigan barcha variantlar
ehtimolligini hisobga olishga yordam beradi. Masalan, ma’lum bir
matnda ot turkumiga oid so‘zlar bog‘lovchiga nisbatan tez-tez va ko‘p
uchrasa, unda ayni kontekstda mavjud omonim
katta ehtimollik bilan
bog‘lovchi emas, ot turkumiga oid so‘z bo‘ladi, keyingi ehtimollikda
bog‘lovchi sifatida hisobga olinadi. Kontekstni
tavsiflash uchun N-
grammadan foydalaniladi. N-gramma – so‘zlar yoki teglar kabi N-
identifikator elementlarning ketma-ketligini ifodalaydi.
Soʻz turkumlarini stoxastik teglash usuli xususiyatlari
Stoxastik PoS-tegerlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1)
Mazkur teglashtirish teglarning ketma-ket qoʻllanish
darajasi
boʻyicha ehtimolligiga asoslanadi.
2)
Ta’lim korpusi talab qilinadi.
3)
Korpusda mavjud boʻlmagan soʻzlar uchun hech qanday
ehtimollik boʻlmaydi.
4)
Ta’lim korpusidan tashqari boshqa
tur til korpusidan ham
foydalanish mumkin.
5)
Eng oddiy ST teglash usuli, chunki bu usulda til korpusidagi faol
tarzda ketma-ket qoʻllangan teglarni tanlab oladi.