Manzura Abjalova
~ 40 ~
jarayonida til oʻrgatish, ta’lim jarayonida turli amaliy mashgʻulotlarni
bajarish, tadqiqot jarayonida matn
elementlaridan foydalanish, ta’limga
oid fan sohalari terminologiyasini shakllantirish, ta’lim tezaurusini
shakllantirish kabi masalalarda asosiy vosita hisoblanadi.
Milliy til korpusida ham yozma, ham og‘zaki matnlar bo‘lishi talab
etiladi. Bu muayyan til qamrovini to‘laqonli
olgan milliy korpuslar
uchun muhim hisoblanadi. Shunga binoan milliy korpuslar boshqa tur til
korpuslarining mushtarak yaxlit va yirik tizimi sanaladi. Ushbu fikrning
chizmadagi ko‘rinishi quyida berildi:
Jahonda ko‘plab tillarning milliy til korpusi mavjud. Xususan,
Britaniya milliy korpusi va Chex tili milliy korpuslari,
rus tili milliy
korpuslari shunday korpuslar sirasiga kiradi. Sa’y-harakatlar natijasida
o‘zbek tilining ta’limiy korpusi Alisher
Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yaratildi. Ushbu korpus
o‘zbek tili Milliy korpusiga tamal toshi hisoblanadi.
Topshiriq.
Til korpusi va matnlar arxivi tushunchalarini izohlang.