bir yoʻnalishli
(masalan, inglizcha matn oʻzbek tiliga tarjima
qilingan)
✓
ikki tomonlama
(masalan, inglizcha matn oʻzbek tiliga tarjima
qilingan va aksincha, ya’ni ingliz ↔oʻzbek)
✓
koʻp yoʻnalishli
(inglizcha matn oʻzbek, nemis, fransuz va
boshqalarga tarjima qilingan)
Shu bois PK bir tilli (agar bir tilning bir nechta variantlari, shevalari
qiyoslansa), ikki tilli va ko‘p tilli bo‘ladi.
KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 43 ~
Parallellik mezoniga ko‘ra, korpuslar ikkita asosiy turga bo‘linadi:
1)
haqiqiy parallel korpuslar (translation corpora) – muayyan tilda
yozilgan ko‘plab asl matnlar va ushbu matnlarning bir yoki bir nechta
boshqa tillarga tarjima qilingan matnlari mavjud korpuslar.
2)
qiyosiy korpuslar (comparable corpora) – matnlari biron bir belgi
asosida birlashtirilgan korpuslar. Bunday korpuslarda, masalan, o‘zbek
va ingliz tillaridagi muayyan mavzu doirasidagi matnlar (bir xil tematik
maydon, bitta tilning dialektlari, mintaqaviy variantlari, masalan, o‘zbek
tili ona tili va o‘zbek tili chet tili va boshqalar) o‘z aksini topadi.
Ikkala turdagi korpuslar ikki tilli va ko‘p tilli terminologik
lug‘atlarni
tuzishda,
shuningdek,
tillarni
qiyosiy
o‘rganishda
(leksikologiya, grammatika, stilistika, dialektologiya, tarjimashunoslik
va boshq.) samarali tarjima usullarini, shu jumladan, mashina tarjimasi
tizimlarini ishlab chiqish uchun ishlatiladi.
Birinchi turdagi parallel korpuslarni tayyorlash va ularni qayta
ishlash dasturlarIni ishlab chiqishda
moslashtirish
(alignment) – asl matn
bilan tarjima matnlari fragmentlari o‘rtasidagi muvofiqlikni o‘rnatish
muammosi yuzaga keladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun matnlarni
avtomatik ravishda to‘g‘rilashning turli usullari qo‘llaniladi: jumlalar
bo‘yicha (jadval. 4.2), klauzlar (grammatik tuzilmalar) bo‘yicha, so‘z
birikmalari va so‘zlar.
40
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda mashina tarjimasida so‘zma-so‘z
tarjima usulidan voz kechilgan bo‘lib, ushbu usul hatto an’anaviy tarjima
jarayonida ham o‘zini oqlamagan. Hatto asl matndagi katta bir xatboshi
bir necha gap bilan tarjima matnda o‘z mazmunini topgan. Shu bois
parallel
korpuslarda ham
tarjimalar jarayonida jumlama-jumla
moslashish bo‘lmasligi mumkin. Shu jihatni e’tiborga olib, Zubovalar
darsligida asl va tarjima matnlarida gaplarni to‘g‘rilashning 6 xil
ehtimoliy muvofiqliklari uchrashi ta’kidlanadi. Ular quyidagilar:
1)
asl matndagi bitta gap aynan bitta gap bilan tarjima qilinadi;
2)
ikkita gap bitta gap bilan tarjima qilinadi;
40
Захаров В., Богданова С. Корпусная лингвистика: учебник. 3-е изд., перераб. – СПб.:
Изд-во С.-Петерб. ун-та, 2020. – С. 61.
|