|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 45 ~
yoki psixologik omillar sabab mazmunni chiqarib bera olmaslik kabi
sabablar tarjima matnidagi mazmunning original matn mazmuniga mos
tushmasligi mumkin.
Shunisi aniqki, PK matnni qanday tarjima qilishni o‘rgatmaydi,
balki tarjimadagi o‘zaro mosliklarni ko‘rsatadi, ya’ni muayyan leksema,
so‘zshakl yoki grammatik formaga boshqa tilda unga muvofiqlashtirilgan
birlik konkordansda taqdim etiladi.
Matnlarni muvofiqlashtirishning bir qancha dasturlari mavjud. Ular
muayyan uzunlikdagi gaplarni avtomatik ravishda o‘zaro qiyoslaydi,
matnni paragraflarga bo‘ladi, tinish belgilarini tahlil qiladi, lug‘atlar
bilan muvofiqlashtiradi va boshq. Ko‘p hollarda ushbu dasturlar dialog
rejimida yoki avtomatik moslashtirish natijalarini tahrirlashdan keyin
inson-mashina holatida qo‘llaniladi. Bunday dasturlarga misol tariqasida
quyidagilarni aytish mumkin: Humaling, Abbyy Aligner, Trados,
Winalign, Wordfast tools, Giza++ va boshq.
Kelajakda PKdagi eng asosiy masala parallel lingvistik izoh
(annotatsiya, razmetka)larning muvofiqlashishi hisoblanadi. Bunda turli
tillardagi grammatik va leksik muvofiqliklar Avtomat tarzda topiladi.
«Слова о полку Игореве» asarining rus tiliga yuzdan ortiq
tarjimasi, ikki yuzdan ortiq boshqa tillarga, jumladan, o‘zbek tiliga ham
tarjimasi mavjud
42
. Ushbu asar boshqa tillarga gap muvofiqligi bo‘yicha
tarjima qilingan. Shu bois gapdagi ayrim so‘zlar boshqa so‘zlar bilan o‘z
ifodasiga ega bo‘lgan. Masalan, «растекашется мыслiю по древу»
yoyiq birikmasidagi
мысль
so‘zi
соловей, мысль, векша, белка
kabi
tarjimaga ega bo‘lgan
43
.
42
http://nevmenandr.net/slovo/
43
Копотев М. Введение в корпусную лингвистику. – С. 134.
|
| |