Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 author




Download 4,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/76
Sana31.05.2024
Hajmi4,46 Mb.
#258257
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76
Bog'liq
AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)

Manzura Abjalova
 
 
~ 44 ~ 
3)
asl matndagi ikkita gap bitta gapga tenglashtirilib tarjima qilnai; 
4)
ikkita gap bitta gap bilan tarjima qilinadi, ammo gaplarning ichki 
chegarasi asliy matndagi bilan tarjima matndagi gaplarga mos kelmaydi; 
5)
asl matndagi gap tarjima qilinmaydi, chunki mazmunan buning 
hojati bo‘lmaydi; 
6)
tarjima matnidagi gap asliy matnda bo‘lmasligi mumkin
41
Tarjima jarayoni nozik ish hisoblanadi. Asliy matndagi mazmun 
tarjima matnida o‘z ifodasini topishi kerak. Muayyan qo‘shimcha boshqa 
tilda bir necha qo‘shimcha yoki predloglarga mos kelishi mumkin. 
Masalan, -ning qaratqich kelishigi ingliz tilida 
’s 
va 
of 
predlogi bilan, 
-
ga, -gacha, uchun
kabi grammatik ifodalar 
to
predlogi yordamida tarjima 
qilinishi mumkin. Bunday klauzlar bilan birga so‘zlarda ham shunday 
muammo uchraydi. Masalan, ingliz tilidagi 
like
so‘zi 
yoqtirmoq 
va 
kabi, 
-dek, o‘xshab
birliklarning tarjimasi bo‘lib keladi. 
PKni yaratish uchun asliy til va uning tarjimasining mavjudligi 
yetarli emas. Asosiy masala asliy tildagi fragmentning tarjima tilda o‘z 
ifodasini topishi hisoblanadi. Mana shu maqsadda moslashtirish (ingl. 
alignment
) jarayoni qo‘llaniladi. Natijada parallel matnlardagi bir xil 
fragmentlar bir-biriga qiyosan taqdim etiladi. 
Muvofiqlashtirishning quyidagi turlari mavjud: 
– so‘zma-so‘z muvofiqlashtirish
(word alignment) – eng ideal, ammo 
eng katta muammo tillardagi leksemalar, frazemalar, so‘zshakllari har 
doim ham o‘z muqobiliga ega bo‘lavermaydi. Dastlabki mashina 
tarjimalari so‘zma-so‘z tarjimani amalga oshirgan. 
– gaplarni muvofiqlashtirish
(sentence alignment) – nisbatan 
samarali usul. 
– abzats bo‘yicha muvofiqlashtirish
(paragrapf alignment). 
Muvofiqlashtirish masalasi bilan birga yana bir muammo 
ko‘ndalang bo‘ladi: bimatnlarning o‘zaro mos bo‘lmay qolishi. 
Tarjimonlar senzuraga yo‘l qo‘ymaslik, matnlarni qisqartirish, bir qancha 
gapni tarjimada bitta gap bilan ifodalash, tarjimaga ijodiy yondashish 
41
Зубов А. В., Зубова И. И. Информационные технологии в лингвистике: учеб. пос. М.: 
Издательский центр «Академия», 2004.



Download 4,46 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76




Download 4,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 author

Download 4,46 Mb.
Pdf ko'rish