KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 39 ~
Vazifalarning ixtisoslashmaganligi juda katta hajmli korpuslarni talab
qiladi. Qoida bo‘yicha bunday matn korpuslari bir necha yuz milliondan
bir necha o‘n milliardgacha so‘zlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Tasviriy korpuslar ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgandan so‘ng yaratiladi.
Ularning maqsadi yangi faktlarni aniqlash emas, balki olingan natijalarni
tasdiqlash va asoslash hisoblanadi. Ular tadqiqot natijalaridagi lingvistik
(nutqiy, matniy) faktlarning ishonchli namunalarinitasdiqlash va
asoslashga xizmat qiladi. Bunday korpus turiga «Путеводителе по
дискурсивным словам русского языка» (“Rus tilining diskursiv
so‘zlari uchun qo‘llanma”)
38
misol bo‘ladi, deb yozadi V.Zaxarov. Uning
yordamida matndagi muayyan leksik birlikning semantikasini aniqlash
mumkin.