Manzura Abjalova
~ 42 ~
Parallel korpuslar – partekst – bimatn – bitekst.
Bitekstni yaratish g‘oyasi Brayan Xarris (Brian Harris)ga tegishli, u
1988-yilda bitekstni yaratish konseptsiyasi bo‘yicha tadqiqot yozgan va
keyinchalik Monreal universiteti (Université de Montréal)ning bir guruh
olimlari tomonidan rivojlantirilgan va konsepsiya RALI (Recherche
appliquée en linguistique informatique или Applied Research in
Computational
Linguistics
– «Прикладные исследования в
вычислительной лингвистике» – “Hisoblash tilshunosligida amaliy
tadqiqotlar) deb nom olgan. Guruh tabiiy matnni qayta ishlashni
o‘rgangan dasturchilar va tilshunoslardan iborat bo‘lgan. Bitext
konsepsiyasining taniqli targ‘ibotchilari Per Isabelle (Pierre Isabelle) va
Klod Bédard (Claude Bédard)dir.
Parallel korpuslar, asosan, ma’lum bir kontekstdagi turli til
tuzilmalari, iboralar va so‘zlarning tarjimasini ko‘rish uchun ishlatiladi.
Parallel korpuslar matnlarining tarjima yo‘nalishi bo‘yicha turlari
mavjud:
✓