KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 53 ~
4
gaplar
5 600 015
5
kontekstlar
5 562 202
6
izohlangan soʻzlar soni
4575
7
iboralar
1384
8
so‘zlarning
darajalanish qatori
413
9
sinonim soʻzlar
993
10 antonim soʻzlar
870
11 paronim juftliklar
558
12 omonimlar
1636
13 “Ona tili qomusiy lug‘ati”dagi tushunchalar
1636
Amaliy natija.
Bir necha yillar davomida
olib borilgan tadqiqotlar
va 2020-2021-yillardagi amaliy sa’y-harakatlar natijasida Toshkent
davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
Kompyuter lingvistikasi va
raqamli texnologiyalar hamda Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika
kafedralari hamkorligida AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek
tilining
ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida
OʻZBEK TILINING TA’LIMIY KORPUSI yaratildi.
Bugungi kunda
mazkur korpusda
1) mosfoanalizator (avtomatik morfologik tahlil);
2) soʻz(shakl)ni boʻgʻinlarga ajratish;
4) izoh (lar)ini taqdim etish;
5) antonimlarini koʻrsatish;
6) sinonimizator (qidiruvga yozilgan soʻzga uning ma’nodoshlarini
taqdim etish dasturi);
7) omonimshakllarni taqdim etish;
8) soʻzning talaffuzdosh (paronim)ini uning izohi bilan berish;
9) qidiruvga berilgan soʻz bilan bogʻliq “Ona
tili qomusiy
lugʻati”dan ma’lumotlarni taqdim etish;
10) qidiruvga berilgan soʻz qatnashgan iboralarni koʻrsatish;
11) uning turli xususiyatlari boʻyicha darajalanish qatorini namoyish
etish imkoniyatlari mavjud.