KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 55 ~
aylantiradi. Lingvistik vazifalarning spetsifikasi, ya’ni oʻziga xos
xususiyati korpusning tarkibi va unda qoʻllanilayotgan lingvistik
izohlarni aniqlashdan iborat. Masalan,
poetik korpus
nazmni oʻrganish
uchun asos boʻlib
xizmat qiladi, shuning uchun u she’riyatning asosiy
tushunchalari – vazn va qofiya bilan bogʻliq maxsus belgi (izoh)larga
ega.
Aksentologik korpus
rus tilidagi urgʻuning tarixiga bagʻishlangan
boʻlib, urgʻuni izohlash bunda muhim hisoblanadi.
Ogʻzaki korpus
ning
lingvistik izohi ovozli nutqning urgʻusi va boshqa oʻziga xos
xususiyatlarini
aks
ettiradi.
Multimediali
korpus
da
matn
sinxronlashtirilgan video yoki audio yozuv bilan birga keladi,
ayrim
filmlarda imo-ishoralar ham izohlanadi.
Sintaktik korpus
da gaplarga
sintaktik strukturaning maxsus murakkab izohlari qoʻyiladi.
Ta’limiy
korpus
rus maktablari oʻquv dasturiga moslashtirilgan janr va morfologik
izohlarni oʻz ichiga oladi.
RTMK adabiy til standarti talabiga
mos zamonaviy rus tilidagi
matnlardan tashqari rus tilining tarixiy va geografik xilma-xilligini
namoyish etishga harakat qiladi. Shu bois bir qator korpuslardan
tarixiy
korpus
matnlarning alohida kolleksiyalari qadimgi rus tilini (XI-XIV
asrlarga tegishli, shuningdek, ukrain va belorus tillarining umumiy bobo
tili), eski rus tilini (XV-XVII asrlardagi rus tili) va cherkovslavyancha
tilning rus tilidagi versiyasini aks ettiradi. Alohida tarixiy korpus XI-XV
asrlardagi qayin poʻstloqli yorliqlar kabi oʻziga
xos tarixiy manbani
birlashtiradi. Ammo
yozma matnlarning asosiy korpusi
tarkibiga XVIII
asrga taalluqli Karamzin va Pushkindan oldin yozilgan matnlarni qamrab
olgan. Bunday erta davrning tili zamonaviy oʻquvchi uchun, albatta,
doim ham tushunarli boʻlmaydi (rus tilining
klassik manbalarida ham
shunday holat uchraydi). Shu bois ayni damda RTMKni tuzuvchilari
unda bir necha asrlar davomida soʻz yoki grammatik tuzilish tarixini
kuzatishga imkon beradigan tarixiy va
zamonaviy korpusdagi umumiy
qidiruv imkoniyatini yaratishga harakat qilishmoqda.
Shevalar korpusi
butun Rossiyadagi an’anaviy rus shevalari
vakillaridan fonetik yozuvda va leksika hamda grammatikasining barcha
xususiyatlarini saqlab qolgan holda yozilgan ogʻzaki matnlarni oʻz ichiga