|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)Manzura Abjalova
~ 56 ~
oladi.
Mintaqaviy matbuot korpusid
a standartlashtirilgan adabiy tildagi
matnlar mavjud boʻlib, ular tili jihatidan Moskva yoki Sankt-Peterburgda
nashr etilgan nashrlardan juda oz farq qiladi, ammo mahalliy leksika va
realiyalar sezilib turadi.
RTMK tarkibiga kiruvchi korpuslarning aksariyati bir tilli, ya’ni ular
faqat rus tilidagi matnlarni oʻz ichiga oladi. Birgina
parallel korpus
asliy
til – rus matnlari va uning boshqa tillardagi tarjimasi yoki boshqa tildagi
matnlarning rus tiliga qilingan tarjimalaridan iborat.
Tarixiy
korpuslardan biri – qayin poʻstlogʻining harflari korpusi ham parallel:
qadimgi rus matni zamonaviy rus va ingliz tillariga tarjimalar bilan
berilgan. Multimediyali parallel korpusda rus tilidagi tarjimaga ega
inglizcha filmlar yoki ingliz va rus tillaridagi matnlar postanovkalari
mavjud boʻladi.
Korpus spetsifikasi.
Asosiy korpus 1700-yildan keyin yaratilgan
rus yozma nasriy matnlar korpusi hisoblanadi. Ushbu korpus o‘zining
tarixi Petrov davridan boshlangan rus tilining yangi davrini aks ettiradi.
Asosiy korpusga o‘z davrining til standartiga (adabiy tilga) muvofiq
bo‘lgan matnlar kiritilgan. Ushbu korpus har bir davrning yozma rus
tilini namoyon etish (reprezentativlik)ga harakat qiladi va o‘z tarkibiga
ma’lum nisbatlardagi turli janrlar (badiiy, ilmiy matnlar, publitsistik va
diniy matnlar, texnik matnlar, shaxsiy yozishmalar)ni oladi.
Asosiy korpusni oʻziga xos xususiyatlarga ega ikki asosiy qismga
ajratish mumkin:
zamonaviy yozma matnlar
(XX asr oʻrtalari – XXI asr
boshi) va qadimgi matnlar (XVIII asr oʻrtalari – XX asr yarimi). Ushbu
ikki qismning formal chegarasi belgilanmagan, shu bois qidiruv har
ikkalasi doirasida amalga oshiriladi. Muayyan davr oraligʻiga tegishli
matnlar boʻyicha qidiruvni amalga oshirish imkoniyati ham mavjud.
Zamonaviy yozma matnlarga m
orfologik izohlarga ega boʻlib,
matnlar reprezentatsiyalangan va asosiy korpusning yadrosini tashkil
qiladi. Ushbu korpus zamonaviy rus adabiy (yozma) tilini ifodalovchi
quyidagi turli matnlar tipini oʻz ichiga oladi:
✓
turli janr va yoʻnalishlardagi zamonaviy badiiy nasr;
✓
zamonaviy dramaturgiya;
|
| |