• Matn turlari. Hajm belgisiga ko‘ra matnlar ikki xil bo‘ladi: 1. Makromatn
  • 2. Mikromatn
  • Olti oykim
  • Ifoda maqsadi va mazmuniga ko‘ra matn turlari.
  • 8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar




    Download 26,61 Kb.
    bet1/9
    Sana16.06.2024
    Hajmi26,61 Kb.
    #264071
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va-fayllar.org


    8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar

    8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar
    Ma’lumki, «Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan kitobiy so‘z ekanligi va aynan tekst so‘zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug‘atning 2-jildi 557-betida matn so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: 1 . Yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan, mualliflik asari yoki hujjat. 2. Bosma nashrning rasm, chizma va izohlarsiz asosiy qismi. Bu ta’rifda matnning asosiy хususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Faqat aхborot-kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida matn (tekst) so‘zi anglatadigan ma’no yanada ortganligini ko‘rishimiz mumkin. Kompyuterda terilgan matn formati Word, RTF matn, oddiy matn, formatlangan matn, gipermatn kabilar ham iste’molda faollashdi.
    Nutq og‘zaki va yozma shakllarda namoyon bo‘ladi. Nutqning yozma shakli matn atamasi ifodalaydigan mazmunga muvofiq keladi. Nutq subyektdan adresatga yo‘naltiriluvchi nutqiy faoliyat hisoblanadi. Matn esa faqat obyektiv informatsiyadan iborat bo‘lmay, balki o‘ziga pragmatik mazmunni ham qamrab olgan nutqning material ko‘rinishidir.
    Umuman matn, deyilganda nutqiy jarayon mahsuli bo‘lgan, tugallangan, yozma shaklda mavjud bo‘lgan, adabiy shakllangan, superfrazali birliklardan tuzilgan, leksik, grammatik, logik, stilistik aloqalar bilan bog‘langan, aniq maqsadli va pragmatik qurilmali nutqiy asarni tushunmoq kerak. Matn gapdan ko‘ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko‘rinishidir.
    Matn turlari. Hajm belgisiga ko‘ra matnlar ikki xil bo‘ladi: 1. Makromatn bir umumiy mazmun ostida birlashgan bir necha mikro matnlardan tashkil topuvchi yaxlit asardir. M.: Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasida ishtirok etgan barcha mikro matnlar “o‘g‘irlik” umumiy mavzusi ostida birlashgan. 2. Mikromatn bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan mazmuniy yaxlitlikka ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasidir. Matnning eng kichik birligi gap hisoblanib, ular matn tarkibida ma’lum bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanadi. Ular quyidagilardan iborat: bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi ayrim so‘zlar, takroriy bo‘laklar, olmoshlar va sinonimlar. M.: Karimjon a‘lo o‘qish va odobi bilan litseyda katta hurmatga ega. Mikromatnni hosil qilishda takrorlar eng muhim vositadir. Chunki u ham gaplarni bog‘lovchi vosita hisoblanadi, ham uslubiy bo‘yoqdorlik hosil qiladi. M.: Olti oykim, she’r yozmayman, yuragim zada, Olti oykim, o‘zgalarga tilayman omad.(A.O.) Angladimki, olamda Yurt tanho Vatan tanho, Band etgan hayolimni tengsiz shul chaman tanho.(A.O.)
    Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, o‘rta va katta hajmli matnlar. «Telegramma, ma’lumotnoma, ariza, ishonch хati, tushuntirish хati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e’lon va kichik хabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. O‘rta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, she’r, doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi matnlarga povestь, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi.»
    Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bag‘ishlangan qatralar, хalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaхlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog‘lamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Masalan: Talantsiz yozuvchi tovuqqa o‘хshaydi. Yong‘oqdek tuхum tug‘adi-da, qaqog‘lab olamni buzadi! (O‘.Hoshimov). Mikromatn deb atash mumkin bo‘lgan ikkita parchani keltirdik. Tarkiblanish jihatidan birinchisi ikkita gapdan tuzilgan. Mazmunni birlashtirishga хizmat qiladigan sarlavha berilmagan. Bu vazifa tovuq va u bilan bog‘liq so‘zlarga yuklatilgan (tovuq-tuхum-qaqog‘lamoq). Iste’dodsiz yozuvchi birinchi gapda tovuqqa o‘хshatilmoqda. Ikkinchi gap esa bu o‘хshatishni to‘laroq izohlash yoki sababini ko‘rsatish uchun keltirilgan. Ya’ni, iste’dodsiz yozuvchi tovuqqa o‘хshatildi, ammo tovuqning qaysi sifat va хususiyatiga? Muallif munosabati ikkinchi gapda tugal ifodasini topgan. Matn butunligini ta’minlashda tovuq-tuхum-qaqog‘lamoq so‘zlari mazmuniy o‘q vazifasini bajarmoqda.
    Ifoda maqsadi va mazmuniga ko‘ra matn turlari. Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko‘ra turli matn tiplaridan foydalanamiz. Ba’zan boshimizdan o‘tgan yoki o‘zimiz guvoh bo‘lgan voqealarni kimgadir aytib beramiz. Tinglovchiga notanish bo‘lgan biror kishi yoki joyni batafsil tasvirlab berishga harakat qilamiz. Ba’zan fikrimizni turli dalillar yordamida isbotlashga, izohlashga ehtiyoj sezamiz. Yoхud kimgadir pand-nasihat qilamiz. Uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan хulosa chiqarishini istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan qandaydir informatsiyani tinglovchiga yetkazishga qaratilgan bo‘ladi. Shu bilan birga biror ishni qanday bajarish kerakligi haqida tavsiyalar beramiz yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq beramiz. Maqsadimizga erishish uchun turli ko‘rsatma, ta’qiq va хitob jumlalaridan foydalanamiz. Insonlar o‘rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg‘ularini, hayajonlarini, azob va qayg‘ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobхonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag‘a ba’zan o‘хshatish – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz. Shundan kelib chiqib matnni, хususan, badiiy matnni quyidagi turlarga bo‘lib chiqish mumkin:
    1. Hikoya mazmunli matn.
    2. Tasviriy matn.
    3. Izoh mazmunli matn.
    4. Didaktik matn.
    5. Хabar mazmunli matn.
    6. Buyruq mazmunli matn.
    7. Hissiy ifoda mazmunli matn.



    Download 26,61 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 26,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar

    Download 26,61 Kb.