• MONOLOGIK MATN TURLARI
  • Monolog
  • Muhokama matni
  • Tasviriy matn
  • 8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar




    Download 26,61 Kb.
    bet6/9
    Sana16.06.2024
    Hajmi26,61 Kb.
    #264071
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va-fayllar.org

    Ilmiy-ommabop matn



    Ilmiy-ommabop matnlarda esa ayrim murakkab tushunchalarga aniqlik kiritiladi va ular ko`pchilikning tushunishiga moslashtirilgan holda beriladi. Unda tasvir unsurlaridan ham foydalaniladi.
    Ommabop ilmiy adabiyotlarda materialning taqdimoti neytral, umumiy adabiyotga yaqin, chunki o‘quvchi faqat maxsus tanlangan faktlar, qiziqarli jihatlar, tarixiy rekonstruksiya qismlari bilan ta’minlangan. Bunday ma’lumotni taqdim etish shakli nodavlat mutaxassislar uchun ochiq bo‘lishi kerak, shuning uchun materiallarni tanlash, isbotlash va namunalar tizimi, axborot taqdim etish uslubi, mashhur ilmiy adabiyotlar bilan bog‘liq bo‘lgan til va uslublar haqiqiy ilmiy matndan biroz farq qiladi.
    MONOLOGIK MATN TURLARI
    Matn bir neсha gaplardan tashkil topadi. Ular o‘zaro mantiqan bog‘liq bo‘ladi. Matndagi har bir yangi fikr yangi satrdan boshlanadi, shuning uсhun abzas deb ataladi. Matndagi asosiy fikr ko‘pinсha uning xulosa qismida beriladi. Katta matnlarni kirish, asosiy qism va xulosa qismlariga bo‘lish mumkin. Nutqda katta matnlarni ixсhamlashtirish va kiсhik matnlarni kengaytirish mumkin. Matnni ixсhamlashtirish uсhun undagi qo‘shimсha ma’lumotlar olib tashlanadi.

    Monolog – bir kishining og‘zaki yoki yozma nutqi. Monologning uch turi mavjud: tasviriy, hikoya, muhokama matn.

    Hikoya matni – monologik matn turi bo‘lib, biror shaxsning hayoti haqida xabar beriladi. Hikoya matnidagi voqealar hayotdan olingan yoki muallif tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lishi mumkin. Biror shaxsning tarjimai holi ham hikoya matniga kiradi.
    Tarjimai hol berilgan monolog hikoya matnida quyidagilar ko‘rsatiladi:
    1. Hikoya qahramoni qayerda, qachon va qanday oilada tug‘ilgan?
    2. U qayerda o‘qigan?
    3. Qayerlarda ishlagan?
    4. Qahramon hayotidagi asosiy voqealar.

    Muhokama matni monologik matn turi bo‘lib, u mantiqiy dalillardan iborat bo‘ladi. Muhokama matnining maqsadi – matnning asosiy mavzusi tezisini isbotlash yoki inkor etish, o‘z nuqtayi nazarini ifoda etish, voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirish.
    Muhokama matni quyidagicha tuziladi:
    1. Kirish qismi monologdagi asosiy muammoni ochib berishga qaratiladi.
    2. Asosiy qism tezis va dalillardan iborat bo‘lib, hajmi jihatidan eng katta qism hisoblanadi. Asosiy fikr bildirilgandan so‘ng, dalillar keltiriladi.
    3. Xulosa qismi - monologning yakuni. Bu qismda mavzu bo‘yicha xulosa beriladi.
    Muhokama matni tugallangan bo‘lishi uchun


    1. asosiy tezis monolog mavzusiga mos bo‘lishi;


    2. dalil-isbot ishonchli bo‘lishi;


    3. matnning qismlari bir-biriga bog‘langan bo‘lishi;


    4. xulosalar aniq berilishi kerak.




    Tasviriy matn – monologik matn turi bo‘lib, narsa-hodisaning belgisi, xususiyatlarini izchil ko‘rsatib beradi.
    Tasviriy matn quyidagicha tuziladi:
    1. Muqaddima.
    2. Asosiy qism.
    3. Xulosa.
    Yozma nutqda rasmiy va badiiy tasvirlash turlari mavjud.

    Download 26,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 26,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar

    Download 26,61 Kb.