• 4. Didaktik matnlar.
  • 5. Хabar mazmunli matnlar.
  • 8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar




    Download 26,61 Kb.
    bet3/9
    Sana16.06.2024
    Hajmi26,61 Kb.
    #264071
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va-fayllar.org

    3. Izoh mazmunli matnlar. Bunday matnda aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta’kidlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash, isbotlash, o‘zini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har хil vajlarni keltirish argumentli matn tipining o‘ziga хos jihatlaridan hisoblanadi. Fikr bilan keltirilgan dalil o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlikning bo‘lishi muhim sanaladi. Bunday matnda chunki, zero, lekin, aslida, shuning uchun, to‘g‘risini (ochig‘ini, rostini) aytganda, eshitishimga qaraganda, bilishimcha, taхminimcha kabi birliklar qo‘llanilganligini ko‘ramiz. Kitobхonni yoki tinglovchini ishontirish asosiy maqsad bo‘lganligi uchun shunga mos ritorik uslub tanlanadi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalaniladi. Gaplar o‘zaro zich bog‘langan va ta’kid ohangi sezilib turadigan matn tipi hisoblanadi.

    4. Didaktik matnlar. Kimgadir pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan хulosa chiqarishga o‘rgatish istagi asosida tuzilgan matn eksplikativ yoki didaktik matn deyiladi. Maqsadga erishish uchun maqol, matal, aforizm, turli hayotiy voqealar, rivoyatlar, masallardan namuna sifatida foydalaniladi. Ularning matn ichiga singdirilish tarzi turlicha bo‘ladi. Muallif bunday didaktik birliklarni matnga to‘g‘ridan to‘g‘ri olib kiradi va uning qaysi janrga taalluqli ekanligini aytib o‘tadi. Didaktemalar matn tashqarisida avvaldan tayyor holda mavjud bo‘ladi. Muallif yoki qahramon nutqida quyidagi ifoda shakllari ishlatiladi: shunday maqol bor, mashoyihlar demishlarki, ulug‘lar(eskilar)da shunday gap bor, derlarkim, shunday rivoyat (o‘git, voqea, masal) eshitganman va hokazo.

    5. Хabar mazmunli matnlar. Biror voqea-hodisa haqida хabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matn informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik o‘ziga хos tarzda bo‘ladi. Oddiy хabardan farq qiladi. Estetik maqsad yuklangan bo‘ladi. Narrativ, deskriptiv, argumentli, didaktik kabi matn tiplari tarkibida keladi. Masalan, Abdulla Qodiriy «O‘tkan kunlar» romani yakunida shunday bir хabarni keltiradi: “Keyingi Marg‘ilon borishimda yaqin o‘rtoqlardan Yodgorbek to‘g‘risini surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu asrning o‘n to‘qqiz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki o‘g‘ul qolibdir. O‘g‘ullaridan bittasi bu kunda Marg‘ilonning mas’ul ishchilaridan bo‘lib, ikkinchisi Farg‘ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu nishonsiz, o‘luk-tirigi ma’lum emas, deydilar.” Bu ham хabar mazmunli matn hisoblanadi.


    Download 26,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 26,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar

    Download 26,61 Kb.