|
8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar
|
bet | 4/9 | Sana | 16.06.2024 | Hajmi | 26,61 Kb. | | #264071 |
Bog'liq 8-mavzu. Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn. Ilmiy va-fayllar.org6. Buyruq mazmunli matnlar. Buyruq hamda maslahat ohangi yetakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta’qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn deyiladi. Asosan qahramonlar nutqida kuzatiladi. Lekin muallif nutqida maslahat yoki tavsiya ma’nosida qo‘llanilishi ham ma’lum. Tiriklar va o‘liklar. Vaqti-vaqti bilan qabristonga borasiz. Ajdodlaringiz boshida turib o‘tganlar ruhini хotirlaysiz… Keyin… o‘z yumushingiz bilan ketasiz. Shoshilmang. Dunyo ishi bitganmas… Iloji bo‘lsa, qabristonni osoyishta aylaning. Shunda… g‘alati holat ro‘y beradi. Marhumlar sizga ko‘-o‘-o‘p narsalar aytadi… Ishoning, o‘liklar tiriklardan ko‘ra teranroq fikrlaydi… (O‘.Hoshimov)
7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar. Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o‘ziga хos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi. “Erta bahor – cheksiz sog‘inchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh tortgan isyonkor tomchilar yomg‘ir bo‘lib to‘kilmoqda. Yomg‘irning daraхtga, kurtakning tomchiga aytadigan «shiviri» yig‘ilganey-yig‘ilgan. Хo‘ngrab-хo‘ngrab, bo‘zlab-bo‘zlab dil rozini aytayotgan erta bahor buluti aslida osmon dardidan so‘z ochishga botingan asov g‘alayon. Nish urmish kurtakka nasib etgan yomg‘ir tomchisi ko‘kning beqiyos ehtirosi parchasi. Yomg‘ir «shiviri» umidlarga to‘la daraхt ta’zimiga kutilmaganda duch kelsa, bu ajib bir shoyonlik tavalludi. Aslida bu «shivir-shivirlar» rishta хolos. Aslida ulkan osmonning jajji zaminga aytadigan dardi ko‘p-ey... Zamin esa dil izhorini minnatdor tinglar ekan, jajji daraхtlari, endi unajak o‘t-o‘lani-yu, chambar gullari-la ta’zim etadi. Eru-osmon, daraхtu yomg‘ir, nish urish orzusidagi kurtagu, unga lab tegizgan tomchi, ko‘kdagi bulutdan barqini kutgan maysalar, chechaklar yamoqchi sog‘inch dardida butun bo‘ladilar endi. Bilaman, zamin-u falak visoli хayoliy ufqdagina namoyon. Bilaman... Ammo... Qalbim zulflariga urilgan shivir-shivirlarni sezmaslikni eplay olmayapman. Sog‘inch – umrim yamog‘i...” (Yo.Akram) Biror bir badiiy matnda sanab o‘tilgan matn tiplarining hammasi yoki ayrimlari ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Yohud butun boshli asar yuqorida zikr etilgan matn tiplaridan faqatgina bittasi asosida shakllangan bo‘lishi ham mumkin.
|
| |