Manzura Abjalova
~ 66 ~
Ijodkor shaxsi va uslubi, soʻz qoʻllash
mahoratini zamonaviy
vositalar orqali oʻrganishda dunyoga mashhur adiblar: Shekspir, Dante,
Gyote, A.S.Pushkin, F.M.Dostoyevskiy, A.S.Griboyedov
adabiy merosi
jamlangan elektron resurslar namuna sifatida xizmat qiladi
52
.
Fors-tojik
mumtoz allomalari, mumtoz adabiyot
namoyandalaridan Rudakiy,
Firdavsiy, Sa’diy Sheroziy, Mavlono Rumiy, Hofiz Sheroziy hamda XX
asr adabiyoti vakillari Loyiqali Sherali, Mo‘min Qanoat,
Habibullo
Fayzullo ijod mahsullari jam boʻlgan bazalarining har biri mualliflik
korpusi
sifatida alohida domenda emas, balki informatsion va
telekommunikatsion texnologiyalar maktabi tizimiga joylashtirilgan
53
.
Muayyan adib qalamiga mansub
asarlar korpusi quyidagi
imkoniyatlarni beradi:
1)
ijodkor uslubi va uning so‘z qo‘llash mahoratini o‘rganish;
2)
adib ijodini lingvopoetik tahlil qilish;
3)
ijodkor qo‘llagan turg‘un birikmalarni (iboralar) tahlil qilish;
4)
asar badiiyligini oshirishda keng foydalanilgan she’riy san’at
turlarini tahlil etish;
52
Потемкин С.Б. Авторский корпус и словарь языка Антона Чехова. (Электрон ресурс: //
https: istina.msu.ru.)
53
http://www.sit.tj