KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 61 ~
solish bilan bog‘liq ko‘plab masalalarni tushunish uchun bebaho material
bo‘ladi.
Rus tili aksentologik korpusi Ye.A.Grishina rahbarligida yaratilgan
45
.
OG‘ZAKI NUTQ KORPUSI.
Og‘zaki nutq korpusi (mustaqil
korpus sifatida 2007-yildan beri mavjud) jamoat va kundalik og‘zaki
nutqning lenta yozuvlarini, shuningdek, kinofilmlar, teatr tomoshalari va
mualliflar hamda qobiliyatli o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan badiiy
nasr yozuvlarining transkriptlarini o‘z ichiga oladi.
Rus standart imlosi
ishlatilgan (eng tez-tez uchraydigan va umumiy qabul qilingan
qisqartirilgan shakllar berilgan). Materiallar transkriptlar shaklida taqdim
etiladi, mos keladigan ovozli matn mavjud emas. Ushbu korpusning
og‘zaki nutqni tadqiq etuvchilar uchun ahamiyati,
avvalambor, uning
katta hajmida (13,4 million), yozuvlar katta vaqt oralig‘ini qamrab
olganligida (1900-2020-yillar), matnlarning funksional xilma-xilligi,
mintaqaviy
xilma-xillikda
(Moskva,
Sankt-Peterburg,
Saratov,
Ulyanovsk, Taganrog, Yekaterinburg, Norilsk, Voronej,
Novosibirsk va
PL. boshqalar) ekanligi bilan belgilanadi.
Korpus RTMK uchun standart morfologik, semantik teg, matn yozib
olingan mintaqani ko‘rsatuvchi metama’lumot, shuningdek, og‘zaki
korpusga xos sotsiologik izohdan foydalanadi. Har bir replikaga
ma’ruzachi haqida ma’lumot beriladi (agar ular ma’lum bo'lsa): jinsi,
yoshi yoki tug‘ilgan yili, kasbi. Leksik, morfologik va semantik qidiruv,
shuningdek, sotsiologik parametrlar bo‘yicha xususiy korpuslarini
shakllantirish mumkin. Foydalanuvchi
qiziqishiga binoan xususiy
korpusni tanlab o‘rganishi va uning doirasida qidiruvni amalga oshirishi
mumkin. Masalan, og‘zaki ilmiy matnlar, sport sharhlari yoki kundalik
mikrokataloglar korpusi ostida, Moskvada
yoki Rossiyaning boshqa
mintaqalarida yozilgan suhbatlarning xususiy korpusi, faqat erkak yoki
ayol jinslarining xususiy korpusi, turli yosh guruhlari so‘zlashuvlarining
korpuslari kabi.
45
Гришина Е. А.
Корпус «История русского ударения»
// Национальный корпус русского
языка: 2006—2008. Новые результаты и перспективы. СПб.: Нестор-История, 2009, 150-74.