|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 71 ~
korpus, qanchalik kichik boʻlmasin, menga shunday faktlarni koʻrsatdiki,
men hech qachon boshqa yoʻl bilan bunday ma’lumotlarni topa olmas
edim”
58
. Ch.Fillmor ta’kidlashicha, til korpuslari koʻlami va
qamrovining chegarasi boʻlmaydi va shunday chegarasiz imkoniyatlari
bilan korpusga boshqa manba, tizim, dasturiy ta’minotlar raqobatlasha
olmaydi. Shu bois korpusga asoslangan lugʻatlarni yaratish natijasida
lugʻatlarda tilning yashovchanligi va real soʻzlikni aks ettiradi.
Terminologiya
soha
sini
rivojlantirish
maqsadida
bazadagi
millionlab turli sohalarga oid matnlardan muayyan soha terminologiyasi
shakllantiriladi. Masalan, ingliz < lotin tillaridan o‘zlashgan
injiniring
atamasining bank-moliya, qurilish, axborot texnologiyalari, xalqaro
munosabatlardagi tushunchalarini birgina korpusga qidiruv berish
natijasida aniqlash mumkin bo‘ladi. Soʻnggi oʻn yillikda kompyuter
texnologiyalarining barcha sohalarga kirib borishi natijalaridan biri,
birinchidan, har xil turdagi elektron leksikografik manbalarning
yaratilishiga ehtiyojni oshirmoqda, ikkinchi tomondan, turli sohadagi
matnlarning elektronlashishi natijasida sohalar terminologiyasining
yaratilishi imkoniyatini oshirmoqda.
Korpus asosida terminologik lugʻatlarni yaratishning ikkita sababi
bor:
1)
korpusda ulkan hajmdagi turli sohaga oid yozma va ogʻzaki
matnlar annotatsiyalangan holda jamlanadi. Bunday imkoniyat, ayniqsa,
umumkorpus, ya’ni tabiiy tilning milliy korpusida boʻladi.
Annotatsiyalash, ya’ni har bir soʻzga grammatik va semantik izoh
berilishi natijasida muayyan soʻzning sohalar kesimida izohi ma’lum
boʻladi va umumsoʻz yoxud terminologik xususiyati yuzaga chiqadi.
2)
muayyan sohaga mansub matnlarda qoʻllanilgan soʻzlar
chastotasini aniqlash orqali faol qoʻllanilayotgan termin va nofaol
terminlarni ajratib olish imkoni mavjud boʻladi.
58
Полицын, С.А., Полицына Е.В. 2018. Применение корпуса текстов для автоматической
классификации в комплексе инструментов автоматизированного анализа текстов. Вестник
ВГУ. Серия: Системный анализ и информационные технологии,10.17308/sait.2018.2/1224.
|
| |