|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)Manzura Abjalova
~ 68 ~
tuzilgan. F.M.Dostoyevskiy korpusi CD-rom shakliga ham ega: u
“Достоевский: тексты, исследования, материалы” deb nomlanadi.
Lug‘at tuzish tamoyillari. F.M.Dostoyevskiy lug‘at-konkordansida
muallif 30 jildli
55
mukammal asarlari to‘plamidagi barcha matnlar
(badiiy asar, publitsistika va yozuvchi “kundaligi”)dagi istalgan so‘z va
so‘zshaklning qoʻllanilish konteksti, chastotasi, asosiy matnga o‘tish
imkoniyati mavjud.
Mualliflik leksikografiyasi yordamida mualliflik mahorati, muallif
lug‘atining nazariy jihatlari, muallif elektron lug‘atining leksik o‘ziga
xosligi, mualliflik korpusi, adabiy til me’yorlaridan foydalanish usullari,
zamonaviy adabiy til kabi masalalar o‘rganiladi. Shu bois dunyoda
jadallik bilan rivojlanib borayotgan sohalar qatoriga mualliflik
leksikografiyasi va MK ham kiradi.
55
Словар языка Достоевского. Идиоглоссарий. А-В/ Российская академия наук институт
руского языка им В. В. Виноградова; гл. редактор чл. корр. Караулов М. 2008.
KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 69 ~
VIII.
KORPUS MATERIALLARINI AMALIYOTDA QO‘LLASH
12.
KORPUSLAR ASOSIDA ILMIY TADQIQOT UCHUN
MATERIAL YIG‘ISH
Zamonaviy
axborot
texnologiyalari
tilning
funksional
imkoniyatlaridan foydalanish borasida benihoya imkoniyatlar eshigini
ochdi. Mashina tarjimasi, avtomatik tahrir va tahlil, yozma matnni
ovozlashtiruvchi nutq sintezatorlari, og‘zaki nutqni yozma matnga
aylantiruvchi nutqni tanish dasturlari, elektron lug‘atlar, lingvistik mobil
ilovalar, tezaurus (til xazinasi)lar va til ontologiyasi fikrimizning
dalilidir. Ayniqsa, zamonaviy elektron lug‘atlar tuzish va undan
foydalanish madaniyatini shakllantirish til imkoniyatini egallashda
samarador ekanligi o‘z isbotini topgan. Aynan til ta‘limi va elektron
lug‘atlarni yaratishda dunyo miqiyosida yaratilishiga ehtiyoj nihoyatda
yuqori boʻlgan til korpuslarining oʻrni beqiyos.
1915-yilda “Rus tili va adabiyoti bo‘limi xabarlari”da “plagiatlarni
haqiqiy asarlardan ajratish vositasi” degan savol bilan dolzarb masalaga
ega ish chop etiladi. Shu bois N.A.Morozov turli mualliflar tomonidan
qo‘llangan xizmat so‘zlari asosida “lingvistik spektrlar” yoki chastotali
grafikalarni tuzadi. Ushbu korpusli metod besh ming so‘zdan iborat
(o‘sha paytda katta korpus!) material asosida amalga oshirilgan.
Daniyalik olim Otto Yespersen birinchilardan bo‘lib preskriptiv
(ya’ni me’yoriy) grammatikadan deskriptiv (ya’ni tavsiflovchi)
grammatikaga o‘tishni ma’lum qilgan. U sun’iy ravishda tuzilgan
misollar, ya’ni kontekstlarga emas, balki real til materiallariga
tayanishini bildirgan. Ma’lumki, korpus real misollarni taqdim etuvchi
yirik tizim hisoblanadi. Natijada O.Yespersen o‘zining “Tarixiy
prinsiplardagi zamonaviy ingliz grammatikasi” (“Modern English
Grammar on Historical Principles”) (1909-1949) asosiy asari uchun
misol manbalarini maxsus tanlaydi. Ushbu manbalar ro‘yxati 40 sahifani
tashkil etadi va zamonaviy reprezentativ va namoyon etuvchi korpusning
prototipi hisoblanadi. Shundan ko‘rish mumkinki, til korpuslari
yordamida o‘quv adabiyotlaridagi misollarni real. Ayni damda
|
| |