KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 73 ~
13.
ALISHER NAVOIY MUALLIFLIK KORPUSI: UNING
ZARURATI VA UNDAN FOYDALANISH OMILLARI
Bugungi kunda mualliflik
korpuslarini yaratish, rivojlantirish
zamonaviy korpus lingvistikasining eng ilg‘or yo‘nalishlaridan biriga
aylandi. Mualliflik korpuslari yordamida hatto anonim ijod mahsullari
mualliflarini aniqlash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil
21-oktabrda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi
nufuzi va mavqeyini
tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmonida
o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-
e’tiborini tubdan oshirish, davlat tilining xalqaro miqyosdagi o‘rni va
nufuzini yuksaltirish, o‘zbek tilining
axborot va kommunikatsiya
texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib
o‘rin egallashini ta’minlash, o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini
yaratish kabi vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek,
Prezidentimiz
tomonidan 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini
yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan “2020-2030-yillarda o‘zbek
tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish Konsepsiyasi”da
belgilangan davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta’minlash
ustuvor
yo‘nalishidagi o‘zbek tiliga oid barcha ilmiy, nazariy va amaliy
ma’lumotlarni o‘zida jamlagan elektron ko‘rinishdagi yirik resursni
yaratish
va o‘zbek tilini Internet jahon axborot tarmog‘ida
ommalashtirish, unda munosib o‘rin egallashini ta’minlash vazifalarining
ko‘rsatib berilishi bilan biz mutaxassislarga katta mas’uliyat bo‘ldi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash va ta’lim olayotgan o‘quvchi
hamda talaba-yoshlarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish,
ilmiy
tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchilar, ta’lim maskanlarida faoliyat
yuritayotgan pedagoglarga lisoniy qatlami boy o‘zbek tilining XV
asrdagi lisoniy imkoniyatlarini ochib berish
va Alisher Navoiy ijodiy
merosini jahon miqyosida targ‘ib etish, Milliy merosimizni zamonaviy