• KORPUS LINGVISTIKASI Manzura Abjalova
  • Alisher Navoiy mualliflik korpusining tarbiyaviy ahamiyati.
  • Foydalanilgan asosiy lug‘atlar.
  • Alisher Navoiy mualliflik korpusining ijtimoiy ahamiyati




    Download 4,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/76
    Sana31.05.2024
    Hajmi4,46 Mb.
    #258257
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76
    Bog'liq
    AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)

    Alisher Navoiy mualliflik korpusining ijtimoiy ahamiyati. 
    Mualliflik korpuslari o‘quvchilarning izlanuvchanlik salohiyatini o‘stirib, 
    kichik tadqiqotlarni ishonchli dalillar asosida bajarishiga imkon beradi. 
    Ta’kidlash joizki, mualliflik korpuslarining ijtimoiy ahamiyati – keng 
    qamrovli hisoblanib, undan lingvistik, etnopsixolingvistik tadqiqotlarda, 
    ona tili, adabiyot, xorijiy til ta’limida, matnga avtomatik ishlov berish, 
    tarjima dasturlarini tuzishda foydalanish mumkin. 


    KORPUS LINGVISTIKASI
     
    Manzura Abjalova
     
    ~ 81 ~ 
    Mualliflik korpuslari tilning lug‘at boyligida bo‘layotgan o‘zgarishlar 
    (neologizm, istorizm, arxaizm hodisalari)ni kuzatishning eng qulay 
    vositasi hamdir. Muallif qo‘llagan so‘zlarning leksik-semantik birikish 
    imkoniyatini tahlil qilish jarayonida qadimiy va yangi avlod lug‘ati, 
    grammatikasini taqqoslash imkoniyati kengayadi. Mualliflik korpusi 
    vositasida muallif so‘zining serqirraligi, bir paytning o‘zida bir necha 
    semantik kategoriyaga mansub bo‘la olish imkoniyatlarini farqlashda 
    amaliy yordam beradi. Mualliflik korpuslari orqali shoirning lisoniy 
    qarashlari bilan bir qatorda, ijtimoiy sohalarga munosabatini, siyosiy 
    masalalarga qarashlarini ham bilish imkoniyati bo‘ladi.
    Alisher Navoiy mualliflik korpusining tarbiyaviy ahamiyati. 
    Ma’naviy merosimizni asrab-avaylash, ajdodlar ruhini ulug‘lash 
    ko‘nikmalarini shakllantirish, mutolaa madaniyatini oshirish natijasida 
    teran fikrga ega bo‘lish, tafakkurni kengaytirishga erishiladi. 
    Foydalanilgan asosiy lug‘atlar. 
    Alisher Navoiy mualliflik korpusi 
    muallif g‘azallariga tegishli minglab leksemalarni o‘z ichiga oladi, 
    korpusga jamlangan matnlarni semantik teglash – izohtalab so‘zlarning 
    leksik ma’nolari berish o‘quvchiga so‘zning kontekstual ma’nosini tez va 
    oson anglash, turli so‘z birikmalarining leksik muvofiqligi, ularning 
    kombinatorlik qobiliyatini tahlil qilish, ma’lum bir sintaktik 
    konstruksiyani qabul qilish/qilmasligini aniqlashga imkon beradi.
    “Badoye’ ul-vasat” devonidagi g‘azallarda izohtalab so‘zlarning 
    hozirgi leksik ma’nosini izohlashda P.Shamsiyev va S.Ibrohimovlarning 
    “Navoiy asarlari tili”, E.Fozilov tahriri ostidagi 4 jildli “Alisher Navoiy 
    asarlari tilining izohli lug‘ati”, Yu.Berdakning “Navoiy tili lug‘ati”
    va 
    “Mumtoz adabiy asarlar lug‘ati” hamda Х.Muhammadning “Alisher 
    Navoiy asarlari lug‘ati”dan foydalanildi.

    Download 4,46 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76




    Download 4,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Alisher Navoiy mualliflik korpusining ijtimoiy ahamiyati

    Download 4,46 Mb.
    Pdf ko'rish