|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 79 ~
borasidagi bilimlari shakllantiradi va rivojlantiradi.
Alisher Navoiy mualliflik korpusining lingvistik ahamiyati.
Mualliflik korpusida muallif tilini to‘liq, batafsil, obyektiv ko‘rsatish
imkoniyati bor, shuning uchun bunday korpuslar boshqa axborot
bankidan afzalligi bilan ajralib turadi. Korpus turli xildagi tadqiqot
uchun asos, manba, vosita vazifasini o‘tay oladi. Bunday korpuslarning
afzalligi yana shundaki, ular yordamida nafaqat biron bir so‘z yoki
jumlaning, balki butun boshli asar tillarini bilish imkoniyati mavjud.
Mualliflik korpuslaridagi ma’lumotlarning ilmiy manbalar asosida tahrir
qilinganligi, unda berilgan ma’lumotlarning aniqliligi va ishonchliligini
kafolatlaydi hamda lingvistik hodisalarning butun spektrini to‘liq aks
ettirishi bilan ularni har tomonlama va obyektiv o‘rganishga imkon
beradi.
Navoiy mualliflik korpusidan mutafakkir so‘z birliklarining barcha
lingvistik xususiyatlari, undagi o‘zgarishlar – o‘sha davr nuqtayi nazarida
tildagi yangilanish va bugungi ijtimoiy hayotda so‘zlarning iste’moldan
chiqishi, faollashish va passivlashish holatlari hamda lingvistik hodisalari
haqida tezkor, aniq va to‘liq ma‘lumotni oladi, osonlik bilan turli tipdagi
katta hajmli lug‘atlar tuzish, matnlarga avtomatik ishlov berish
imkoniyatini yaratadi. Mualliflik korpuslaridagi ma’lumotlarning ilmiy
manbalar asosida tahrir qilinganligi, unda berilgan ma’lumotlarning
aniqliligi va ishonchliligini kafolatlaydi hamda lingvistik hodisalarning
butun spektrini to‘liq aks ettirishi bilan ularni har tomonlama va obyektiv
o‘rganishga imkon beradi. Katta hajmdagi ma’naviy xazina joylashgan
korpusdan tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy va chog‘ishtirma-tipologik
tadqiqotlarda, leksikografik izlanishlarni olib borishda, Alisher Navoiy
asarlari yordamida XV asr chastotali lug‘atlarini yaratishda, istorizm va
arxaizmlarni jamlashda, so‘zlar etimologiyasiga oid tadqiqotlarni olib
borishda, bugungi zamon o‘quvchisi tushunishi qiyin bo‘lgan so‘zlar
izohini korpusda taqdim etilgan kontekstual misollar massivi yordamida
tushunish, uning semantik izohini topish kabi ko‘plab lingvistik
imkoniyatlarni beradi. Bu esa auditoriya yoshidan qat’i nazar mumtoz
adabiyotimizga qiziquvchilar, Navoiy davri tilini tushunuvchilar va
|
| |