|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)Manzura Abjalova
~ 76 ~
ta, 10 baytli – 1 ta, 11 baytli – 14 ta, 12 baytli – 1 ta, 13 baytli – 1
tani
tashkil etadi. Alisher Navoiy MKni bu kabi statistik tahlillar, muhim
hisoblanib, foydalanuvchiga aniq hisobni beradi va ma’lumotlar bazasi
ustida ishlash qamrovini koʻrsatadi.
Navoiy yaratgan hikmatli so‘z va iboralar xalq maqollariga aylanib
ketgan bo‘lsa, obrazli badiiy iboralari xalqning o‘zbek tili frazeologiyasini
boyitgan. Bunday birikma va iboralar orqali u ijtimoiy hayotdagi voqea –
hodisalarining xalq donoligiga xos tipik xususiyatlarini umumlashtirib,
qisqa, lo‘nda va mazmunli ifodalash imkoniyatlarini namoyon etgan
“Badoye’ ul-vasat” devonidagi g‘azallariga mazmunan singdirilgan 50
dan ortiq maqol va xuddi shuncha turg‘un birikma (ibora)lar qatnashgan
baytlar ilmiy tahlil qilinib, 5- rukn tarkibiga kiritildi.
Alisher Navoiy g‘azallarida uchraydigan izohtalab so‘zlarning
semantik bazasi yaratilib, mualliflik korpusiga kiritilishi mumtoz
adabiyotimizning nodir namunalarini puxta o‘rganishda, milliy
ma’naviyatimizning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. G‘azallarni
semantik tenglash jarayonida ayrim so‘zlarning o‘ndan ortiq ma’nolarini
ifodalab kelishiga guvoh bo‘lamiz. Albatta, bunday polisemantiklik,
Navoiyni so‘z mulkining sultoni ekanligidan dalolat beradi. Navoiy
g‘azallarining ma’no va mag‘zini to‘laligicha his qilish, anglash,
tushunish uchun g‘azal tarkibidagi har bir bayt va unda ishlatilgan har bir
so‘zni ilmiy va badiiy tahlil qilish muhim ekan, “Sun’iy intellekt”
rivojlanib borayotgan bugungi tezkor davrda Alisher Navoiy mualliflik
korpusi muallif tilini komputer dasturlari yordamida tez va qulay
anglashda yordam beradi, uning o‘qishliligini ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz:
“Xazoyin ul-ma’oniy” kulliyoti “G‘aroyib us-
sig‘ar” (“Yoshlik g‘aroyibotlari”), “Navodir ush-shabob” (“Yigitlik
nodirlik (she’r)lari”), “Badoye’ ul-vasat” (“O‘rta yosh badialari”) va
“Favoyid ul-kibar” (“Keksalik foydalari”) nomli devonlardan tarkib
topgan mukammal yig‘ma devon. Xalq orasida “Chor devon” deb ham
yuritiladi.
|
| |