|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)Manzura Abjalova
~ 80 ~
uning asarlarini mutolaa qilib Navoiy ma’naviy xazinasidan bahramand
bo‘luvchilar safining oshishiga xizmat qiladi. Mualliflik korpusining
lingvistik asosi “so‘z – leksemadan uning mazmuniga qarab borish”
hisoblanadi. Bunda tarjima tilning morfologik, sintaktik va semantik
tahlili, lug‘atlar, grammatik qoidalar, matnlar korpusiga asoslanib amalga
oshiriladi.
Alisher Navoiy mualliflik korpusining ta’limiy ahamiyati.
Muallifli korpusi ta’lim jarayonida muallif asarlarining ta’limiy, ijtimoiy,
tarixiy, lingvodidaktik, ahamiyatini yoritib berishda, muallif asarlarida
qo‘llanilgan so‘zlarning dialektal xususiyatlarini tasniflashda, Milliy
tilning semantik xususiyatlarini o‘rganishda muhim sanaladi. XV asr til
uslubini bugungi tilga qiyosan o‘quvchilarga o‘rgatish mumkin. Badiiy
matnlarning statistik tahlili natijasida matnda tez
-
tez qo‘llaniluvchi til
birliklari (otlar, sifatlar, kalit so‘zlar, fe’llar, grammatik shakllar, jumla
qurilishi, bir so‘z bilan aytganda, yozuvchining uslubini ko‘rsatuvchi
vositalar) lingvostatistik tahlil yordamida aniqlanadi. Turli matnlardan
olingan dalillarning qiyosiy tahlili bizga o‘sha matnning mazmun-
mundarijasini, matn tuzilgan davrni, dalillarni argumentlash xarakterini
va hatto mualliflikni aniqlashga imkon beradi. Alisher Navoiyning hayoti
va ijodi umumta’lim maktablarining barcha bosqichlarida o‘rganilishi
mutafakkir mualliflik korpusidan keng ma’noda foydalanilishi bilan
Alisher Navoiy MKning ta’limiy ahamiyatini yanada oshiradi. Mazkur
korpus ta’lim jarayonida o‘quv materialini tayyorlashda qulay axborot
manbayi vazifasini bajaradi, o‘qituvchi o‘quv mashg‘uloti uchun tez
fursatda serqirra, mazmunli, ishonchli, o‘quv materialini tayyorlash
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
|
| |