O‘zbekiston 2030




Download 14,83 Kb.
Sana01.06.2024
Hajmi14,83 Kb.
#258841
Bog'liq
Sitora Davronovna


TA’LIMGA E’TIBOR – KELAJAKKA E’TIBOR!
Niyazova Sitora Davronovna
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ana shu dolzarb va muhim talabning hozirjavob mevasi, ta’bir joiz bo‘lsa, istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini o‘zida ifodalagan milliy g‘oyamizdir. Chunki ushbu Strategiya xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlashga xizmat qilishi xususida gapirdi.
Strategiyaning 39-maqsadi - «O‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘lib, endilikda «O‘zbek adabiyoti xazinasidan» deb nomlangan ko‘p jildlik kitoblar majmuasini chop etish. «Jahon bolalar adabiyoti durdonalari» 100 jildligini o‘zbek tilida nashr qilish rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev – Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir, deb ta’kidlar ekan shu yerda Yusuf Xos Hojib bobomizdan iqtibos keltirib o‘tdi “Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi”. Agar biz buyuk kelajak yaratmoqchi bo‘layotgan bo‘lsak, talimga e’tiborni kuchaytirmasdan, sifatli ta’limni yuzaga chiqarmasdan qo‘yilgan maqsadlarimizga erisha olmasligimizga yaqqol bir misol bo‘ldi.
Shuningdek, ilm olishga istagi va salohiyati yetarli bo‘lgan, ammo moliyaviy imkoniyatlari biroz cheklangan oliygoh talabalari uchun kelasi yilda imtiyozli ta’lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko‘paytirilgani talabalar va yosh olimlar uchun quvonarli yangilik bo‘ldi. Bu mablag‘lar kelajakda, albatta, o‘z samarasini berishiga, ya’ni o‘z sohasining yetuk olimlari yetishib chiqishiga, oliy ta’limni tamomlagan kadrlar sifatining ortishiga xizmat qiladi. Oliy ta’limning sifati albatta, iqtisodiy samaradorlikni belgilaydi. Iqtisodiy o‘sish sur’ati oshgani sayin yangi uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj ortib boradi, bu o‘z navbatida ta’limni rivojlantirishga ijobiy ta’sir etadi. Yuqori malakali mutaxassislar yetkazib beruvchi ta’lim tizimining, iqtisodiyotning rivojlanishiga xizmat qiladi. Shuning barobarida ta’lim va iqtisodiyot bir-birini rivojlanishga undovchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, farzandlarimiz ilm olishida, biz ota-onalar ham farzandining jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, hayotda qoqilmasligi uchun bugun yaxshi ta’lim-tarbiya berishimiz, kelajak avlodga qoldirgan eng katta boyligimiz sanaladi.
Download 14,83 Kb.




Download 14,83 Kb.