|
2. Mahsulot nomenklaturasi, nomlari va ularga qoyiladigan talablar
|
bet | 1/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,22 Mb. | | #246986 |
Bog'liq курс иши пардозлаш давоми444
Mundarija:
1. Kirish
2. Mahsulot nomenklaturasi, nomlari va ularga qoyiladigan talablar
3. Texnologik qism
4. Xisoblash qismi
a) Sehlar ishlash tartibini tanlash
b) Korxona ishlab chiqarish xisobi
c) Xom ashyolar xisobi
d) Texnologik uskunalar xisobi
5. Mahsulot sifatini tekshirish
6. Shtatlar vedemosti
7. Texnik-iqtisodiy qism
8. Xavfsizlik texnikasi va yong’inga qarshi kurash tadbirlari
KIRISH
Yurtimizda bunyodkorlik ishlari kun sayin keng quloch yozib, yangi-yangi bino va inshootlar, ko‘p qavatli turar joylar, madaniy-maishiy obyektlar, yo‘llar, ko‘priklar va boshqa obyektlar jadal sur’atlar bilan qurilishi bilan birga, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari ham keng ko‘lamda qurilib, ishga tushirilmoqda. Qurilish qancha ko‘p bo‘lsa, qurilish materiallariga bo‘lgan talab va ehtiyoj ham shunchalik ortib boraveradi.
Qurilish sohasining ustuvor vazifalaridan biri etib aholi soni keskin oshib borishi natijasida ularni uy-joy infratuzilmasi bilan ta’minlash masalasi, sohada muhim islohotlar olib borilishi, uni moddiy texnik bazasini takomillashtirilishi, investitsion dasturlar doirasida ajratilgan mablag’lardan samarali foydalanilishini talab etadi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz kundan kunga rivojlanish yo’lidan odimlamoqda. Bunga misol tariqasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturini misol qilib olishimiz mumkin. Bu strategiyalarning barchasi aholi turmush darajasini oshirishga, ularni farovon hayot kechirishini ta’minlashga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida.
Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2017 yilning 9 oyida 11 trillion 272 milliard so‘mlik bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105,3 foizga o‘sish ta’minlangan.
Asosiy faoliyat yo‘nalishi yangi-yangi loyihalarni topish, tashabbuskorlarning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlar va imtiyozlar bilan tanishtirish, bir so‘z bilan aytganda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘lgan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 25 oktyabrdagi “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, qurilish materiallari sanoati tuzilmasini yanada rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish hamda uning eksport potensialini oshirish, xalqaro talab va standartlarga muvofiq zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, yangi quvvatlarni barpo etish va kam resurs va energiya sarf etgan holda, zamonaviy, raqobatbardosh, eksportbop qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliy ishlarni amalga oshirmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan soha mutasaddilari oldiga qo‘yilgan vazifa va topshiriqlarni so‘zsiz bajarish, sanoatning qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishini yanada rivojlantirish maqsadida, yangi-yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, qurilish materiallarining kam resurs va energiya talab etadigan zamonaviy turlarini ishlab chiqarishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
|
| |