|
2. Mahsulot nomenklaturasi, nomlari va ularga qoyiladigan talablar
|
bet | 2/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,22 Mb. | | #246986 |
Bog'liq курс иши пардозлаш давоми444Texnologik qism
Mahsulot nomenklaturasi.
Qurilish materiallarini ilmiy asosda sifatli ishlab chiqarish, ularni yaratish texnologiyalarini zamon talablariga moslash, arzon, tejamkor, sifatli ashyolar va texnologiyalar ishlab chiqish, yangidan-yangi va puxta materiallar olish, ularning tejamkor texnologiyalarini yaratish, binolar va inshootlarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish usullarini mukammallashtirish hamda bu jarayonda ashyolardan samarali foydalanish kabi vazifalar muhim masalalari safidan o‘rin egallaydi.
Mineral xomashyoga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuydirish natijasida olingan materiallar va buyumlarga keramik materiallar deyiladi. «Keramika» so‘zi lotincha «keramos» so‘zidan olingan bo‘lib, glina (gil) ma’nosini bildiradi. Insoniyat tarixida gil asosidagi xom loydan tayyorlangan devorbop materiallar va buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi 8000-yillikda ishlatilgan. Pishirilgan g‘isht eramizdan avvalgi 3500–4000-y., cherepitsa va sirlangan g‘isht esa qurilishda eramizdan avval 1000 yil ishlatilgan. Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonda saqlanib qolgan arxitektura yodgorliklari qurilish materiallari keramika asosidadir. Hozirgi kunda effektiv g‘isht, ichki va tashqi bezak plitalari, sanitariya-texnika buyumlari maxsus keramik buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Keramik buyumlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi. Ular tuzilishiga ko‘ra g‘ovak va zich keramik buyumlarga bo‘linadi. G‘ovak keramikaning suv shimuvchanligi massa bo‘yicha 5% ko‘p bo‘ladi. Bularga devorbop g‘isht va bloklar, tombop cherepitsa, drenaj quvurlar, fayans, qoplama plitalar kiradi. Zich keramikaning suv shimuvchanligi 5% kam bo‘ladi. Ularga klinker g‘ishti, yirik o‘lchamli keramik plitalar, pol plitalari kiradi. Erish haroratiga ko‘ra keramik materiallar yengil eruvchan (1350 °C past), qiyin eruvchan (1350–1580 °C), erimaydigan (1580–2000 °C) turlarga bo‘linadi. Keramik materiallar va buyumlarni xomashyoning hamma yerda mavjudligi, arzonligi, texnologik jarayonlarning nisbatan soddaligi, ekologik tozaligi ko‘plab ishlab chiqarish imkonini beradi.
Keramik materiallar xomashyosini, asosan, gil tashkil etadi. Gil xossalarini yaxshilash maqsadida uning tarkibiga yog‘sizlantiruvchi, jins hosil qiluvchi, kuyib ketadigan va plastikligini oshiruvchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Gil tarkibidagi dala shpati magmatik (granit, siyenit va h.k.) va metamorfik (gneys) tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘lgan mahsulotdir. Shu sababli xomashyo tarkibi, asosan, alumosilikatlardan (Al2 O3 ·2SiO2 ·2H2 O) iborat bo‘lib, kvars, sluda va boshqa minerallar, organik moddalar aralashgan bo‘lishi mumkin. Gil tarkibida ohakning bo‘lishi keramik material olish jarayonida ularning buzilishiga olib keladi. Gilning donador tarkibi, zarrachalarning o‘lchamlari keramik material xossalariga ta’sir etadi. Gil tarkibida kaolin minerali ko‘p miqdorda bo‘ladi. Uning zarrachalari diametri 0,05 mm va undan kamroq bo‘lsa, gil suvga qorilganda plastik massa hosil bo‘ladi, quritilganda shaklini saqlab qoladi va kuydirilgach buyum mustahkam va suvga chidamli bo‘ladi. Bundan tashqari, gil tarkibida zarracha o‘lchamlari 0,005–0,15 mm li changsimon va zarracha o‘lchamlari 0,16–5 mm li qum bo‘lishi mumkin. Gillarning asosiy xossalari – plastikligi, havoda va kuydirishdagi kirishishi, olovbardoshligi, buyumning rangi va hokazolar. Plastiklik gil va suv qorishmasining tashqi kuch ta’sirida yoriqlar hosil qilmasdan kerakli shaklga kirishi va kuch olingach ushbu shaklni saqlab qolish xususiyatidir. Gil zarrachalari qanchalik mayda bo‘lsa, u shunchalik suvni ko‘p talab qiladi va buyumni quritish va pishirish jarayonida kirishish yuqori bo‘ladi. Gillar yuqori plastik (yog‘li), o‘rtacha plastik va kam plastik (yog‘siz) bo‘ladi. Yog‘li gillarga ishlov berish oson, lekin buyumlarni quritish va pishirish jarayonida hajmi kichrayadi va darzlar hosil bo‘ladi. Gil plastikligini oshirish maqsadida yuqori plastiklikdagi gil, bentonitlar va sirt aktiv moddalar (texnik lignosulfonat va sh.k. lar) ishlatiladi. Yuqori plastiklikdagi gilni yog‘sizlantirish uchun xomashyo aralashmasiga yog‘sizlantiruvchi qo‘shimchalar (shamot, shlak, kul, mayda qum va sh.k. lar) plastikligi kam gil qo‘shiladi. Keramik materialda g‘ovak hosil qilish uchun uning tarkibiga yog‘och qipig‘i, toshko‘mir kukuni, lignin kabi kuydirish jarayonida yonib ketadigan qo‘shimchalar qo‘shiladi. Ular yog‘sizlantiruvchi hisoblanadi. Gil tarkibiga dala shpati, dolomit, magnezit, qumtosh, shisha kukuni va sh.k. lar keramik buyumlarning pishirish haroratini pasaytirish uchun qo‘shiladi. Keramik buyumlarning kislotaga bardoshliligini oshirish uchun tarkibiga suyuq shisha va qum aralashmalari birgalikda qo‘shiladi. Òemir, kobalt, xrom, titan kabi oksidlari kiritilib, rangli keramika buyumlari tayyorlanadi. Keramik buyumlar suv o‘tkazmasligi yoki yuzasi tekis, chiroyli bo‘lishi uchun yuzasi glazur yoki angob bilan qoplanadi (sirlanadi). Glazur 0,1–0,2 mm qalinlikdagi shishasimon qoplama bo‘lib, pishirish jarayonida keramik materiallarga katta kuch bilan yopishadi. Glazurlar shaffof va shaffof emas turli ranglarda bo‘ladi. Glazur kvars qumi, kaolin, dala shpati, ishqorli va erishqorli metallar kukun aralashmalaridan tayyorlanadi va buyum yuziga kukun yoki suspenziya holatida pishirishdan oldin surtiladi. Angob oq yoki rangli gil qorishmasi buyum yuziga surtilib, pishirib olingan yaltiramaydigan qoplama bo‘lib, buyumlarning yuza qismi zichligini oshiradi. Angob va keramik buyumlar xossalari o‘xshash bo‘lishi zarur, aks holda qoplama ko‘chib ketishi mumkin.
Keramik buyumlar xossalari, shakli, xomashyo turi va texnologiyasidan qat’iy nazar ularni ishlab chiqarish quyidagi asosiy jarayonlardan iborat: xomashyoni qazib olish, xomashyo massasini tayyorlash, buyumni qoliplash, ularni quritish va pishirish. Gil xomashyo karyeridan ekskavatorlar yordamida ochiq usulda qazib olinadi va temir yo‘l, avtomobil yoki boshqa transportda keramik buyumlar zavodiga tashiladi. Xomashyoni qazib olishda karyer gil zaxirasi, qalinligi, joylashish xarakteri aniqlanadi. Xomashyo massasini tayyorlash. Òabiiy holdagi qazib olingan gil keramik buyumlar ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo‘ladi. Buyum tayyorlash uchun gilning tabiiy tuzilishini buzish, undan zararli aralashmalarni chiqarib tashlash, yirik aralashmalarni kukunlash, gilni kukunlash va qo‘shimchalar qo‘shish, barcha kompo- 39 nentlarni quyma massa hosil bo‘lguncha maxsus mashinalarda (gilni ezg‘ilovchi tegirmon, parrakli aralashtirgich va sh.k.) aralashtiriladi. Xomashyo massasi buyum turi, xomashyo turi va xossasiga ko‘ra plastik, yarim quruq bikr, quruq va ho‘l (shliker) usullarda tayyorlanadi.
Plastik usulda xomashyo komponentlari tabiiy namlikda yoki quritilgan bo‘lsa, 18–28% namlikkacha suv aralashtiriladi. Plastik usulda olingan xomashyo massasidan g‘isht, keramik tosh, cherepitsa, quvur va sh.k. lar tayyorlanadi (3.1-rasm). Bikr usulda qoliplash plastik usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli bo‘lib, xomashyo massasi namligi 13–18% bo‘ladi. Buyum vakuum yoki gidravlik presslar vositasida 10–20 MPa bosimda qoliplanadi. Bu usulda buyumni quritishga energiya sarfi kamayadi, yuqori mustahkamlikdagi xom qoliplangan buyum tayyorlanadi. Yarim quruq usulda xomashyo komponentlari quritiladi, bo‘laklanadi, maydalanadi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu usulda keramik buyumlar 8–12% namlikdagi xomashyo massasini 15–40 MPa bosimda presslab olinadi. Bunda buyum ishlab chiqarish sikli ikki marta qisqaradi, buyum aniq o‘lchamlarda va qirralari to‘g‘ri holda qoliplanadi va yoqilg‘i 30% tejaladi (3.2-rasm). Quruq usul yarim quruq usulning rivojlantirilgan zamonaviy usuli bo‘lib, presskukun 2–6% namlikda bo‘ladi. Bunda xomashyo massasidan tayyorlangan buyumni quritishga zarurat bo‘lmaydi. Bu usulda zich keramik buyumlar-plitkalar, yo‘lka g‘ishtlari, fayans va chinni buyumlar tayyorlanadi. Shliker usuli xomashyo massasi (namligi 40%) ko‘p komponentli bo‘lganda, notekis tarkibli va qiyin pishadigan komponentlar bo‘lsa, murakkab shakldagi buyumlarni qoliplashda quyma uslubiyat zarur bo‘lganda ishlatiladi. Buyumlarni quritish. Buyumlar pishirishdan avval 5–6% namlikgacha quritilishi kerak, aks holda ular notekis kirishishi, darz ketishi va shakli o‘zgarishi mumkin. Buyumlar tabiiy va sun’iy usulda quritiladi. Buyumlar tabiiy usulda 10–15 kun bostirmalarda quritiladi va quritish jarayoni havoning nisbiy namligi va haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Buyumlar sun’iy quritish usulida davriy va doimiy ravishda ishlaydigan maxsus quritish kameralarida amalga oshiriladi. Kameralar pishirish xumdonlari tutun gazlari, maxsus xumdonlarda hosil qilingan gazlar (120–150 °C) bilan isitiladi. Buyumlar 1–3 sutka davomida quritiladi.
. Keramik g‘isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi: 1 – gil karyeri; 2 – ekskavator; 3 – gil zaxirasi; 4 – vagonetka; 5 – yashikli uzatgich; 6 – qo‘shimchalar; 7 – begunlar; 8 – valeslar; 9 –tasmali press; 10 – keskich; 11 – taxlovchi moslama; 12 – telejka; 13 – quritish xonalari; 14 – tunnel pechi; 15 – o‘ziyurar telejka; 16 – omborxona.
Buyumlarni pishirish. Pishirish keramik buyumlar ishlab chiqarishning oxirgi va hal etuvchi jarayonidir. Bu jarayon shartli ravishda uch bosqichga bo‘linadi: buyumni qizdirish, kuydirish va sovitish. Buyum 100–120 °C qizdirilganda undan fizik bog‘langan suv chiqib ketadi. Harorat 450–750 °C ko‘tarilganda, kimyoviy
Tasmali vakuumli press:
1 – shnekli val; 2 – presslovchi golovka; 3 – munshtuk; 4 – gilli brus; 5 – parrak; 6 – vakuum-kamera interval; 7 – panjara; 8 – gilni ezg‘ilovchi moslama.
bog‘langan suv chiqadi va organik aralashmalar yonib ketadi, gilli mineral buzilib, amorf holatga o‘tadi. Harorat 800–900 °C yetganda oson eriydigan birikmalar eriydi va komponentlar zarrachalari yuzalari chegarasida qattiq fazalarda kimyoviy jarayonlar davom etadi. Buyum 1000–1200 °C haroratgacha qizdirilganda zichlashadi va massa kirishadi. Bu kirishish gilning turiga qarab 2–8% ni tashkil etadi. Buyum asta-sekin sovitiladi. Sovitilgan keramik buyumlar toshsimon holatga o‘tadi va mustahkam, suvga va sovuqqa chidamli bo‘ladi. Keramik buyumlar halqasimon, tunnel, tirqishli, rolikli va boshqa xumdonlarda pishiriladi.
Halqasimon xumdon ellips shaklidagi tutash pishirish kanali bo‘lib, shartli ravishda 16 dan 36 gacha bo‘linadi. Kameralarda yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va xumdondan chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi. Halqasimon xumdonda olov markazi maxsus moslama vositasida boshqa zonalar kabi pishirish kanali bo‘ylab to‘xtamasdan siljiydi, pishirilayotgan buyumlar esa qo‘zg‘almas holatda bo‘lad
Halqasimon xumdonlarda, asosan, g‘isht va cherepitsa pishiriladi. Pishirish harorati 900–1100 °C bo‘lib, bu jarayon 3–4 sutka davom etadi, harorat kanal bo‘ylab bir tekis taqsimlanmaganligi uchun buyumlar turlicha sifatda pishadi. Bu usulda qo‘l mehnati ko‘p bo‘lib, jarayonni mexanizatsiyalantirish qiyin. Òunnel xumdonlarda (uzunligi 100 m gacha) buyum vagonetkalarda harakatlanadi. Bu usulda buyumlar harakatlanib pishirish operatsiyalari qo‘zg‘almas bo‘ladi. Buyumlar yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va xumdondan chiqarib olish operatsiyalari natijasida pishirib olinadi. Pishirish jarayoni 18–38 soat davom etadi. Bu xumdonlar ishlashini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin. Òunnel xumdonlarda mehnat unumdorligi yuqori bo‘lib, brak mahsulot kam bo‘ladi. Òunnel xumdonlarda sirlangan plitkalar, sanitariya-texnika buyumlari, kanalizatsiya quvurlari ikki marta pishiriladi. Birinchi marta pishirishda maxsus konsellarda joylashtirilgan plitkalar 1240–1250 °C haroratda pishiriladi. Pishirilgan plitkalar navlarga ajratiladi, sirlanadi, kapsellarga joylashtiriladi va ikkinchi marta 1140 °C haroratda pishiriladi. Kanalizatsiya quvurlari, qoplama g‘ishtlar va fasadbop plitkalar quritilgandan keyin sirlanadi va bir marta pishiriladi. Keramik buyumlar pishirilish darajasi, shakli, o‘lchamlari, tashqi ko‘rinishi (nuqsonlari) bo‘yicha navlarga ajratiladi. Pishirilish darajasi bo‘yicha ularni normal pishgan, chala pishgan va o‘ta pishgan buyumlarga bo‘lish mumkin. Keramik buyumlar omborxonalarda saqlanadi. G‘isht va keramik toshlar metall tagliklarga terilgan holda ochiq maydonlarda, sanitariya-texnika buyumlari komplektlangan holda maxsus yashiklarda saqlanadi.
Keramik materiallar tarkibi qotib qolgan eritmaning uzluksiz fazasi (matritsa) va erimagan gilsimon, changsimon va qumli fraksiyalar (karkas) hamda havo to‘lgan g‘ovak va bo‘shliqlardan iborat bo‘lgani uchun ularni kompozitsion materiallar deyish mumkin. Matritsa materiali mikrostrukturani va matritsa karkas bilan birgalikda makrostrukturani tashkil etadi. Keramik materiallarning 43 matritsa qismi kristall tuzilishdagi alumosilikat minerallardan va amorf tuzilishdagi shishasimon oson eriydigan komponentlardan iborat bo‘ladi. Keramik materiallarning zichligi 2,5–2,7 g/sm3 ; o‘rtacha zichligi 200–2300 kg/m3 ; siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,05 dan 100 MPa gacha bo‘ladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti: absolut zich keramikani 1,16 W/(m·°C), g‘ovak keramikani 0,07– 1,0 W/m · °C) bo‘ladi. Keramik materiallarning issiqlik sig‘imi 0,18–0,22 KJ/(kg· °C), issiqlikdan chiziqli kengayish koeffitsiyenti esa 0,00014. Keramik materiallarning suv shimuvchanligi g‘ovakligiga qarab 0 dan 70% gacha bo‘ladi, sovuqqa chidamliligi esa quyidagi markalarga teng: F15; F25; F35; F50; F75 va F100 (sikllar).
Devorbop keramikaga oddiy keramik g‘isht, turli effektiv keramik materiallar (kovakli, g‘ovakli va kovakli-g‘ovakli g‘ishtlar, yengil, kovakli keramik toshlar, bloklar va plitkalar) hamda yirik o‘lchamli bloklar va g‘isht, keramik tosh asosidagi panellar kiradi. Keramik g‘ishtlar va toshlar. Keramik g‘isht va toshlar oson eriydigan gillar hamda qo‘shimchalar qo‘shilgan gillar asosida tayyorlanadi va asosan bino, inshootlar tashqi hamda ichki devorlarini qurishda ishlatiladi. G‘isht va keramik toshlar o‘lchamlariga qarab quyidagicha turlanadi: oddiy g‘isht 250x120x65 mm (3.3-a rasm), modulli 250x120x88 mm (3.3-b rasm), yirik 288x138x65 mm (3.3-d rasm), oddiy tosh 250x120x138 mm (3.3-rasm e), yirik tosh 250x138x138 mm(3.3-f rasm), modulli tosh 250x250x138 mm (3.3-g rasm) va kovaklar gorizontal joylashgan toshlar 250x250x120 mm va 250x250x80 mm (3.3-h, i rasmlar). G‘ishtlarda o‘lchamlardan chetga chiqish uzunligi bo‘yicha 5 mm, eni bo‘yicha 4 mm va qalinligi bo‘yicha 3 mm gacha ruxsat etiladi. G‘isht va tosh normal pishirilgan bo‘lishi kerak. Yetarli darajada kuydirilmasa (alvon rangli) mustahkamligi past, suvga va sovuqqa chidamli bo‘lmaydi, o‘ta pishgan g‘isht va tosh esa juda zich, mustahkam, lekin issiq o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘ladi
|
| |