|
2. Mahsulot nomenklaturasi, nomlari va ularga qoyiladigan talablar
|
bet | 5/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,22 Mb. | | #246986 |
Bog'liq курс иши пардозлаш давоми444Keramik cherepitsaning turlari
a – pazli shtamplangan; b – pazli lentasimon; d – yassi lentasimon; e – konkisimon; f – to‘qinsimon; g – oddiy; h – taqasimon
Buyumlar gips qoliplari quyma usulda olinadi. Kanalizatsiya va drenaj quvurlari oqava, zax, yomg‘ir, chiqindi suvlarni oqizish va chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. Kanalizatsiya quvurlari plastik qiyin eriydigan va erimaydigan gillardan tayyorlanadi. Kanalizatsiya quvurlarining uzunligi 1000–1500, ichki diametri 150–600 mm. Bir tomoni quvurlarni biriktirish maqsadida rastrub holda yasaladi. Uning suv shimuvchanligi 8% kam bo‘lishi, kislotaga bardoshligi 93%, suv o‘tkazmasligi shart. Drenaj quvurlari oson eriydigan gil va qumoq tuproqlar asosida olinadi. Quvur silindrik, olti va sakkiz qirrali sirlanmagan holda ishlab chiqariladi, sho‘rlangan yerlarning suvini qochirish uchun ishlatiladi. Uzunligi 500 mm gacha, ichki diametri 50–250 mm.
Klinkerli g‘isht gillarni to‘la pishirib olinadi. O‘lchamlari 220x110x65 mm. Siqilishdagi mustahkamlik chegarasiga ko‘ra 3 markaga – 1000, 700 va 400 bo‘linadi, suv shimuvchanligi 2– 6%, sovuqqa chidamligi F50–F100. Klinkerli g‘isht yo‘l va ko‘prik kanalizatsiya, kollektorlarni qoplashda ishlatiladi. 3.5-rasm. Keramik cherepitsaning turlari: a – pazli shtamplangan; b – pazli lentasimon; d – yassi lentasimon; e – konkisimon; f – to‘qinsimon; g – oddiy; h – taqasimon. e f g h 50 Kislotaga chidamli g‘isht oliy va birinchi kategoriyalarda A, B va D klasslarda tayyorlanadi. G‘isht shakl jihatidan to‘g‘ri burchakli, ponasimon, radial va fason turlarga bo‘linadi. G‘ishtning o‘lchamlari 230x113x65 va 230x113x55 mm. G‘ishtning siqilishga mustahkamligi 35–60 MPa, kislotaga bardoshligi 96–98,5% va termik bardoshligi 5–25 sikl. G‘isht qurilish konstruksiyalari kislota muhitidan himoyalashda ishlatiladi. Kislotaga chidamli plitkalar oliy va birinchi navlarda 6 xil markada: chinnili kislotaga bardoshli (KF), dunitli termokislotaga bardoshli (ÒKD), gidroliz sanoati uchun termokislotaga bardoshli (ÒKG), qurilish konstruksiyalari uchun kislotaga bardoshli (KS), shamotli kislotaga bardoshli (KSh) va shamotli termokislotaga bardoshli (ÒKSh) kvadrat, to‘g‘ri burchakli, ponasimon va qo‘shaloq shakllarda bo‘ladi. Plitka uzunligi va eni 50–200, qalinligi 15–50 mm, suv shimuvchanliligi 0,4–8%, kislotaga bardoshligi 97–99%, siqilishdagi mustahkamligi 10–15MPa, egilishdagi mustahkamligi 10–40MPa, sovuqqa chidamligi F15, F20 va termik bardoshligi 2–10 sikl. Plitkalar qurilish konstruksiyalarini kislota ta’siridan himoyalashda ishlatiladi. Kislotaga chidamli quvurlar tashqi va ichki tomonlari kislotaga bardoshli sir bilan qoplanadi. Quvurlar maxsus texnologik usulda gil massasini o‘ta zichlashtirib tayyorlanadi. Quvurlar kimyo, o‘g‘itlar ishlab chiqarish, selluloza-qog‘oz sanoatida ishlatiladi. Olovbardosh keramik materiallar olovbardosh (1580–1770 °C), olovbardoshligi yuqori (1770–2000 °C) va olovbardoshligi o‘ta yuqori (2000 °C yuqori) turlarga bo‘linadi. Ularga g‘isht, blok, plita va fason elementlari kiradi. Olovbardosh materiallar mineral tarkibiga ko‘ra qumtuproqli, alumosilikatli, magnezitli, xromli va uglerodli bo‘ladi.
Qumtuproqli (dinasli) olovbardosh buyumlar kvars qumi va gil asosida tayyorlanadi. Olovbardoshligi 1710–1750 °C, siqilishga mustahkamligi 15–35 MPa. Ular sanoat xumdonlari (marten, koks, sement) ichini qoplashda ishlatiladi. Alumosilikatli olovbardosh buyumlar kvars, shamot, gil va kaolin aralashmasi asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1610–1710°C, 51 siqilishga mustahkamligi kamida 10 MPa, koks, shisha eritadigan xumdonlar ichini qoplashda ishlatiladi. Shamotli olovbardosh buyumlar olovbardosh gil va shamot asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1710–1730 °C, siqilishdagi mustahkamligi 10– 12,5 MPa. Ular domna, keramika xumdonlari, bug‘ qozonlari ichini qoplashda ishlatiladi. Olovbardoshligi yuqori buyumlar tarkibida 45% ortiq Al2 O3 bo‘lgan xomashyo (boksit, korund) asosida tayyorlanadi. Ularning olovbardoshligi 1770–2000 °C bo‘lib, shisha eritish xumdonlari qurilishida va boshqa sanoat korxonalarida ishlatiladi.
Keramzit – tarkibida kimyoviy bog‘langan suvi ko‘p bo‘lgan oson eriydigan gillarni tez qizdirish natijasida ko‘pchitib olingan g‘ovak material. Gilning ko‘pchishini oshirish uchun ko‘mir kukuni, qipiq, pirit kuyindilari va shu kabilarni qo‘shish mumkin. Keramzit tayyorlash jarayoni keramik materiallar olish jarayoni singari bo‘lib, keramzit soqqachalari avval tayyorlanib keyin xumdonda kuydirib olinadi, zarur bo‘lsa keramzit maydalanadi. Keramzit soqqachalari granulator, tasmali presslar va teshikli vallar yordamida tayyorlanadi. Xomashyo quritish barabanlarida quritilgach aylanma pechlarda 25–45 min. davomida pishiriladi. Keramzit shag‘ali 5–10, 10–20 va 20–40 mm fraksiyalarda, qumi esa 5 mm gacha bo‘ladi. O‘rtacha zichligiga nisbatan keramzit shag‘ali 150, 200, 250, 300, 350, 400, 450, 500, 550, 600, 700 va 800 kg/m3 markalarda bo‘ladi. Keramzitning silindrda siqilishga sinalgandagi markasi 0,3–5,5 MPa. Suv shimuvchanligi 15–25%, sovuqqa chidamligi F15. Keramzit yengil betonlar uchun to‘ldirgich va issiqlik izolatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Agloporit – gil va ko‘mir kukuni aralashmasi granulalarini (soqqachalar) aglomeratsiya panjarasida pishirib olinadi. Aglomeratsiya panjarasida 25–45 min. davomida pishirilgan xomashyo palaxsasi sovitilgach maydalanadi va fraksiyalarga ajratiladi. Uning o‘rtacha zichligi 300–1000 kg/m3 , siqilishga mustahkamligi 0,3–3 MPa. 52 Agloporit keramzit singari yengil betonlar olishda, issiqlik izolatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Keramik plitkalari plita ko‘rinishidagi keng tarqalgan qurilish materiali hisoblanib, asosan undan devorlarni, pollarni va shiftlarni qoplash uchun foydalanishadi. Keramik plitkalari kaolin, kvars qumidan, shuningdek har xil qo‘shimchalar va bo‘yoqlarni aralashtirish, so‘ngra presslash va yuqori haroratda kuydirish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Keramik plitkalarini tozalash oson, ular namlikka chidamli va undan foydalanish muddati uzoq. Hammom, oshxona, koridorlar, shuningdek, turar-joy bo‘lmagan binolar uchun ishlatiladi. Keramik plitkalarning yuzasi jilosiz (matoviy), yaltiroq (glyanseviy), sirlangan (glazurovaniy) yoki sirlanganmagan (neglazurovaniy) turlarga bo‘linadi. Plitkalar hajmi, shakli, rangi va ishlab chiqarish texnologiyasi bilan farq qilishi tufayli ularni tanlash imkoniyati juda katta.
Keramik plitkalarning standart o‘lchamlari, mm:
Kvadrat shaklida - 48x48, 100x100, 200x200, 250x250
Uchburchak shaklida - 58x83, 68x97, 83x118, 98x139
To‘rtburchaklar shaklida - 100x200, 150x200 yoki 300, 200x300, 300x400
Olti burchakli - 150x173, 170x196, 200x230.
Plitkaning fizik xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
Zichlik;
Sovuqqa chidamlilik;
Issiqlik o‘tkazuvchanlik;
Olovga chidamlilik.
Keramika buyumlari xomashyo va kuydirish issiqga ko'ra 2 sinfga ajraladi:
1. Suv yutuvchanligi 15% gacha bo'lgan va qisman pishgan serg'ovak buyumlar - devorbop, tombop va pardozlash materiallari;
2. Suv o'tkazuvchanligi 0,5% dan yuqori bo'lmagan vabatamom pishgan zich zarrachali buyumlar sinfi - chinni, texnik keramika va boshqalar.
Keramik buyumlar o'zining shakli, turlari, fizik-mexanik xossalarining
turli-tumanligi bilan boshqa materiallardan farq qiladi. Ammo ularning ish
lab chiqarish bir-biriga o'xshash.
Keramika materiallari ishlab chiqarishning umumiy texnologik tizimi
asosiy omillarni o'z ichiga oladi:
1. Xomashyo (shamot, kaolin, kvars, kvars qumi, magnezit, dolomit)
va boshqalar) ni maydalash;
2. Xomashyoni fraksiyalarga chiqadi;
3. Xomashyoni tortish;
4. Xomashyoni aralashtirish;
5. Aralashmaga shakl berish;
6. Qoliplangan buyumni tozalash;
7 Quritilgan buyumni kuydirish;
8. Quydirilgan buyumni sortlash;
9. Quydirilgan buyumni qadoqlash;
10. Mahsulotni tayyor mahsulotlarga joylash.
|
| |