|
Ichki devorlarga qo‘llaniladigan plitkalar
|
bet | 4/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 1,22 Mb. | | #246986 |
Bog'liq курс иши пардозлаш давоми444Ichki devorlarga qo‘llaniladigan plitkalar:
1–5 – kvadratli; 6–10 – to‘g‘ri burchakli; 11, 12 – fason burchakli; 13–16 – fason karnizli; 17–20 – fason plintus.
Gilam nusxa-koshinkor plitkalar quyma usulda tayyorlanadi. Ular 20 tur o‘lchamlarda ishlab chiqariladi: chekkalari 25, 35, 50, 75, 100 va 125 mm kvadrat, 25x100 mm to‘rtburchak shaklida va boshqa o‘lchamlarda bo‘ladi. Plitkalarning qalinligi 2,5 mm, tashqi yuzasi turli rangli va fakturali bo‘ladi. Ichki devorlarning bezak plitalari turar joy, jamoat va sanoat binolarining sanitariya-gigiyena xonalarini bezashda, konst- 48 ruksiyalarni namdan va vaqtincha alangadan saqlash maqsadida qoplanadi. Polbop keramik plitkalar qiyin eriydigan va erimaydigan gil va qo‘shimchalar asosidagi xomashyo pishirib olinadi. Polbop plitkalar suv o‘tkazmaydigan, kislota va ishqor eritmalari, yog‘ va shirin moddalar eritmalariga chidamli, yedirilishga bardoshli bo‘lishi kerak. Suv shimuvchanligi 4% oshmasligi shart. Plitkalar kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, besh, olti, sakkiz qirrali, turli o‘lchamlarda ishlab chiqariladi. Plitkalar yuzasi silliq, relyefli, bir va bir necha rangli, yaltiroq va yaltiramaydigan, rasmli va rasmsiz bo‘ladi. Hozirgi kunda yirik o‘lchamli plitkalar (200x200x11 mm va yuqori) bino pollarini bezashda ishlatilmoqda. Pollarni qoplash uchun tomonlari 23 va 48 mm bo‘lgan qalinligi 6 va 8 mm kvadrat va to‘g‘ri burchakli mozaikali plitkalar ishlatiladi. Plitkalar oq va rangli, suv shimuvchanligi 4% gacha bo‘ladi
Maxsus keramik materiallar va buyumlar
Cherepitsa. Cherepitsa oson eriydigan gillardan, pazli shtamplangan, pazli tasmasimon, yassi tasmasimon va konkisimon turlari ishlab chiqariladi (3.5-rasm). Cherepitsa ishlab chiqarishdagi jarayonlar keramika texnologiyasi singaridir. Cherepitsa tombop mustahkam, atmosfera muhitiga chidamli, olovga bardoshli material bo‘lib, 300 yilgacha xizmat qiladi. Cherepitsa massasining kattaligi, tomga o‘rnatish nishabining yuqoriligi (30% kam emas), tomga yopish jarayonida qo‘l mehnatining ko‘pligi uning kamchiligi hisoblanadi. Cherepitsa tomda biri ikkinchisining ustiga chok bostirib qo‘yilgani uchun foydali yuzasi 50–85% tashkil etadi. Cherepitsaning suv shimgandagi massasi 50–60 kg/m2 bo‘lishi mumkin. Sovuqqa chidamliligi esa F25 dan kam bo‘lmasligi shart. Cherepitsa, asosan, turarjoy, ma’muriy va qishloq xo‘jalik binolari tomlarini yopishda ishlatiladi. Cherepitsa Yevropa mamlakatlari qurilish tizimida ko‘p tarqalgan, hozirgi kunda cherepitsa O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda va qurilishda ishlatilmoqda. Sanitariya-texnika buyumlari – umivalnik, unitaz, bide, rakovina, pissuar, yuvish bachoklari va shu kabilar chinni, yarim chinni, fayans va shamotlangan massalardan tayyorlanadi. Ular xomashyosini kaolin, oq gil, dala shpati, kvars qumi kukuni, kuydirilgan gil, eruvchan shisha va soda turli miqdorda tashkil etadi. Buyumlar oq va rangli yaltiroq sir bilan qoplanadi hamda pishiriladi.
|
| |