|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)Manzura Abjalova
~ 96 ~
GLOSSARIY
Fragmе
́nt
(lot. fragmentum – parcha, qism) – butunning qismi.
Dastur ish oynasidan lavha berish, veb-sahifadan namuna ko‘rsatish
tushuniladi.
Izohlash
(разметка, tagging, annotation)
metalingvistik izoh,
ekstralingvistik ma’lumot
– maxsus metama'lumotlar (masalan,
morfologik izohlarda so'zlarning morfologik xususiyatlari haqida
ma’lumot mavjud)
Kompyuter lingvistikasida modul termini keng iste’molda bo‘lib,
dasturiy ta’minotning muayyan lingvistik jarayonini qamragan qismi
sifatida qo‘llaniladi. Leksik modulda lug‘at qatlami qamrab olinsa,
grafematik modulda ramzlar, tinish belgilar, harfiy va boshqa belgilar
tahrir qilinadi, orfografik modulda imlo qoidalari, morfologik modulda
so‘zshakllar analizi (so‘zshakldan leksemaga qadar tahlil) va sintezi
(leksemaning grammatik shakllanishi tahlili jarayoni), sintaktik modulda
supersintaktik birlik – gap yoki so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish hodisasi
tahlil qilinadi.
Konkordans
– manbasiga havolasi mavjud kontekst (lar ro‘yxati).
Korpus menejeri
– bu korpusda ma’lumotlarni qidirish, statistik
ma’lumotlarni olish va foydalanuvchiga qulay shaklda natijalarni taqdim
etish uchun dasturiy vositalarni o‘z ichiga olgan maxsus qidiruv tizimi.
Lemmatizátsiya
so‘zlarning leksikonidan foydalangan holda
ularning morfologik tahlilini amalga oshiruvchi aniq jarayon bo‘lib,
lemmatizatsiya jarayonida faqat fleksiyaga uchragan affikslar o‘chiriladi
va lemma deb atalmish ta’minotdagi so‘zning asosiy yoki lug‘at shakliga
qaytariladi.
Metama’lumot, metaizoh
– matnlarga va ularning tarkibiy
qismlariga muayyan ma’lumot berish (muallif haqidagi ma’lumotlar va
matn haqidagi ma’lumotlar: muallif, nomi, nashr qilingan yili va joyi,
janri, mavzusi)
Módul
(dasturlashda) – dasturning doimiy, alohida fayl shaklida
yaratilgan funksional tugallangan qismi.
|
| |