• Manzura Abjalova
  • Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 author




    Download 4,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/76
    Sana31.05.2024
    Hajmi4,46 Mb.
    #258257
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
    Bog'liq
    AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)

    KORPUS LINGVISTIKASI
     
    Manzura Abjalova
     
    ~ 97 ~ 
    Morfologik lug‘át
    so‘zshaklning, ya’ni ismlarning turlanishi va 
    fe’llarning tuslanishini shartli belgilash maxsus sistemasi orqali aks 
    ettiradigan leksikografik manba hisoblanadi. Lug‘at to‘g‘ri yoki teskari 
    alifbo tartibida tuziladi. Teskari (inversion) tartibda so‘zning so‘nggi 
    harfi e’tiborga olinadi. Lug‘at avvalida turlanish va tuslanish hodisasi 
    namuna tarzida ko‘rsatilgan “Grammatik ma’lumotlar” beriladi. Shu bois 
    har bir so‘zda “Grammatik ma’lumot”ga ishora qiluvchi grammatik belgi 
    va indeks bo‘ladi. Bu jihat foydalanuvchiga muayyan so‘zning shakl 
    o‘zgarish hodisasini aniqlashga yordam beradi. Namunani qidirishni 
    tezlashtirish va qulaylik yaratish uchun lug‘atning har bir sahifasi 
    yuqorisi yoki kolontitulida sahifada uchragan indekslar hisobi va 
    indekslar ifodalagan “Grammatik ma’lumot”lar lug‘atning qaysi 
    sahifasida joylashgani haqida ma’lumot keltiriladi. Quyida taniqli rus 
    leksikografi A.A. Zaliznyakning “Грамматический словарь русского 
    языка” kitobidan fragment berildi: 
     
    Morfologik sintez
    matnga avtomatik ishlov berish jarayonida yoxud 
    uning so‘nggi – natijalarni foydalanuvchi hukmiga havola qilish 
    bosqichida so‘zlarning turli shakllarini chiqarish, analiz natijalarini 
    umumlashtirishdan iborat. Leksema shakllarini sintez qilish jarayoni 
    so‘zshakllarni tahlil (analiz) qilish bilan bir xil ma’lumotlar bazasi va 
    algoritmlarga asoslanadi. Shubhasiz, har qanday shaklni sintez qilish 


    Manzura Abjalova
     
     
    ~ 98 ~ 
    uchun ta’minotda leksema va uning grammatik xususiyatlari kiritilishi 
    talab qilinadi, shundagina dastur grammatik parametrlariga ega bo‘lgan 
    har qanday leksemaning shakllarini tahlil va sintez qilish imkoniyatiga 
    ega bo‘ladi. 
    Sintez jarayoni uchun quyidagi parametrlar (xususiyatlar) zarur:
    1) otlar uchun jins (o‘zga tillarda), son, kelishik; 
    2) sifat va ravishlarning (mavjud bo‘lsa) oddiy, qiyosiy va orttirma 
    darajalari, ular mansub bo‘lgan soni va turlanishi; 
    3) fe’l va sifatdoshning zamoni, tuslanishi, shakli. 
    N-grámma
    – matnlarga avtomatik ishlov berishda keng 
    qo‘llaniladigan matematik hisob vositasidir. N-gramma – so‘zlar yoki 
    teglar kabi N-identifikator elementlarning ketma-ketligini ifodalaydi. 
    Ikki element ketma-ketligi – bigramma, uch element ketma-ketligi esa 
    trigramma, deyiladi. Masalan, 
    old qo‘shimcha+ot
    holati bigrammaga 
    misol bo‘ladi. Shuningdek, so‘zlar tartibi hisobga olingan modellardan 
    farqli o‘laroq, N-gramma modeli matndagi qo‘shni so‘z qatorlarini 
    aniqlaydi va saqlaydi. 

    Download 4,46 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




    Download 4,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 author

    Download 4,46 Mb.
    Pdf ko'rish