ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
http://www.newjournal.org/
Выпуск журнала № – 14
Часть–4_ Февраль–2023
6
2181-3187
TA'LIM MENEJMENTINI OʻQITISHDA FOYDALANILADIGAN
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
Xasanbayeva Zumrad Qahramon qizi,
Xasanbayeva Klara Qahramon qizi,
Xasanbayeva Shoira Rahmatulla qizi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat Pedagogika instituti
Annotatsiya:
Ta’lim menejmenti fanini o’qitish hozirgi davrda har qachongidan
ham muhim rivojlanish davriga kirdi. Chunki mustaqil O'zbekiston Respublikasining
kelajagi unda kamol topayotgan yosh avlod tarbiyasiga bog'liq. “Ta'lim to'g'risida”gi
Qonun Birinchi Prezidentimiz I.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining I
- chaqiriq 2-sessiyasida “O'zbekiston siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining
asosiy tamoyillari” haqida qilgan ma'ruzasida pedagogik tadqiqotlar oldiga muhim
talablar qo'ydi. “Zamonaviy yuksak texnologiyalarda ishlay oladigan, bozor
Qonunlariga mos yangicha fikrlay biladigan mutaxassislarni tayyorlash hozirgi kun
vazifasi” ekanligi va buning uchun “Maktab-o'rta-oliy ta'lim, ilmiy – tadqiqot
institutlari shaklidagi ilmiy – ma'rifiy komplekslarni vujudga keltirish lozimligini
ta'kidladi.
Ta’lim menejmentini o’qitishda bir qator texnologiyalardan foydalaniladi.
Hamkorlikda o’qitish g’oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi
J.Xopkins Universiteti professori – R.Slavin (1990), Minnesot Universiteti professori
– R.Jonson, D.Jonson (1987), Koliforniya Universiteti professori – Sh.Sharon (1988),
tomonidan ishlab ishlab chiqilgan. Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan
hamkorlikda o’qitish, asosan o’quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim,
ko’nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Yevropa olimlari tomonidan tavsiya
etilgan hamkorlikda o’qitish, yuqorida qayd etilganidek, ko’proq o’quvchilar
tomonidan o’quv materialini qayta ishlash loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o’quv
bahsi va munozaralar o’tkazishni nazarda tutadi. Mazkur g’oyalar bir-birini to’ldiradi,
didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi. Hamkorlikda o’qitish g’oyasi
didaktikada 1970 yillarda paydo bo’lgan. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Buyuk
Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil
mamlakatlari ta`lim muassasalarida keng qo’llanila boshlagan.
Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi – o’quv topshiriqlarini nafaqat
birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qishni o’rganishdir. Hamkorlikda o’qitish har
bir o’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga
o’rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o’quvchida shaxsiy
|