|
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕBog'liq 6-8
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
http://www.newjournal.org/
Выпуск журнала № – 14
Часть–4_ Февраль–2023
7
2181-3187
qadr qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o’z kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchni
mustahkamlash, tahsil olishda mas`uliyat hissini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi har bir o’quvchining tahlil olishdagi
muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va
sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini to’liq va sifatli bajarishga
o’quv materialini puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam
uyushtirishga zamin tayyorlaydi. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o’quvchilarni
hamkorlikda o’qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:
Komandada o’qitish (R.Slavin) da o’quvchilar teng sonli ikki komandaga
ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a`zolari o’quv
topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim,
ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e`tiborni qaratadi. Hamkorlikda o’qitish
texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta`kidlashicha, o’quvchilarga
topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi yetarli emas.
O’quvchilar tom ma`nodagi hamkorlik, har bir o’quvchining qo’lga kiritgan
muvafaqqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-
psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning
bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir
o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi.
SHundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda
keltirishini anglagan holda mas`uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma
va malakalarni o’zlashtirishga intiladi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish (R.Slavin, 1986). Bu yondashuvda
kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi,
so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv
topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma`lum qismini bajaradi.
Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib,
o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a`zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy
xulosa chiqariladi.
Muammoli o‘qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi
quyidagicha bo‘ladi: inson ziddiyatli, yangi, noma’lum muammoga (muammo –
murakkab nazariy yoki amaliy masala bo‘lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi,
uning yechimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda
hayratlanish, ajablanish holati paydo bo‘ladi, «gap nimada?» degan savol tug‘iladi.
O‘quvchi noma’lum yechimni topish uchun mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida
izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi, sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt
munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi. Bugungi kunda, muammoli
o‘qitish deganda mashg‘ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli
vaziyatlar va ularni yechishga qaratilgan o‘quvchilarning faol mustaqil faoliyati
|
| |