|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)Manzura Abjalova
~ 64 ~
Moskva davlat universiteti olimlari tomonidan I.Krilov masallari tili
lug‘ati, A.Griboyedov komediyalari tili lug‘ati, N.Gogolning “Revizor”
komediyasi tili lug‘ati, D.Fonvizin komediyalari tili lug‘atlari yaratilgan
bo‘lib, bularga “A.S.Pushkin tili lug‘ati
47
ning tajribasi asos bo‘lgan.
Ushbu tajriba rus leksikografiyasida ommalashdi va boshqa leksikografik
laboratoriyalarda ham shunday tadqiqotlar amalga oshirildi. Xususan,
A.N.Ostrovskiy asarlari tili, M.V.Lomonosov asarlari tili lug‘ati
48
,
M.Kuzmin she’rlari konkordansi
49
, A.Mitskevichning “Pan Tadeush”
poemasi tili ideografik lug‘atlari ijodkor tili lug‘at/konkordansi
hisoblanadi. Bu sohadagi tadqiqotlar orasida O.V.Kukushkina,
A.A.Polikarpov, E.V.Surovsevalar tomonidan tuzilgan A.P.Chexov
badiiy asarlari tili lug‘ati
50
diqqatga sazovor.
F.Dostoyevskiy va A.Chexov mualliflik korpuslarini yaratish,
ulardan unumli foydalanish, mazkur korpuslarning imkoniyatlari va
tarkibiy tuzilishi borasida jiddiy tadqiqotlar olib borilgan boʻlsa-da,
ammo har ikkala korpus bugungi kunda ishchi holatda emas. Statistik
ma’lumotlar ushbu mualliflik korpuslari dastlab ishga tushirilgan vaqtida
olingan. Ayni damda aytish mumkinki, Britaniya milliy korpusi
tarkibidagi U.Shekspir mualliflik korpusi va Mangeym universiteti
korpusidagi I.Gyote korpuslari ko‘plab mamlakatlarning mualliflik
korpuslari rivojlanishi uchun namuna bo‘ladi.
Bugungi kunda U.Shekspir mualliflik korpusi maqomiga ega
boʻlgan tizim g‘oyasi 2001-yilda Shekspir asarlarini jamlovchi bepul
onlayn resurs sifatida Jorj Meyson universitetining magistratura
bosqichini bitirayotgan, Vashington Times gazetasida veb-dizayner va
teatr sharhlovchisi bo‘lib ishlagan Erik M. Jonson tomonidan oʻylab
47
“Словарь языка Пушкина” в четырех томах, создан в Институте русского языка АН
СССР под ред. акад. В.В.Виноградова (издан в 1956-1961 гг.).
48
Волков С.С., Матвеев Е.М. О проекте словаря “Риторика М.В.Ломоносова. Доклад
(ИЛИ РАН). (Электрон ресурс: www.ruslang.ru/seminar_aut_lexocorg250214) 159 Гик А.В.
“О работе “Конкордансом к стихотворениям М.Кузмина”: том четвертый” (Электрон
ресурс: www.ruslang.ru/seminar_aut_lexocorg)
49
Гик А.В. О работе “Конкордансом к стихотворениям М.Кузмина”: том четвертый.
(Электрон ресурс: www.ruslang.ru/seminar_aut_lexocorg)
50
Якубовский К.И., Якубовская К.А. Обзор современных лингвистических технологий и
систем // Вестник МГУП. 2015. № 2 – С. 315-319.
|
| |