|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 59 ~
mutaxassislarning katta jamoasi, shuningdek, Moskvadagi lingvistik
universitetlarning talabalari va aspirantlari ishtirok etishgan.
Asosiy korpusning metama’lumotida matnning nomi, yaratilgan
sanasi, muallifii, uning tugʻilgan yili va muallifning maydoni (agar
ma’lum boʻlsa), nashr etilgan joyi va sanasi, manbasi, uning faoliyat
doirasi, matnning janri va turi, badiiy asarlar va xotiralar xronotopi
haqida, tinglovchilarning oʻziga xos xususiyatlari (ommaviyligi, yoshi),
imlosi, omonimiyaning bartaraf etilgan yoki etilmaganligi haqidagi
ma’lumotlar beriladi. Ushbu parametrlarning barchasi yordamida maxsus
qidiruvni amalga oshirish mumkin. Metama’lumotlarni belgilash va
matnlarni tanlashning umumiy tamoyillari 2000-yillarning boshlarida
S.O. Savchuk va S.A. Sharov tomonidan E.A. Grishina, V.A. Plungyan
va E.G. Sokolova ishtirokida ishlab chiqilgan; Metama’lumotlarni
belgilash va qidirish dasturiy ta’minotini S.A. Sharov va A.E. Polyakov
tomonidan tuzilgan.
Hozirda asosiy korpusga kiritilgan barcha matnlardagi soʻz
shakllarga lugʻatda berilgan diskret semantik xususiyatlar toʻplamiga
asoslangan avtomatik semantik izohlar berilish jarayonida.
Korpus tarkibi va strukturasi.
Rus tilining milliy korpusi
quyidagi subkorpus (xususiy/tarkibiy/ichki) korpuslardan iborat:
1.
Asosiy korpus
2.
Gazetalar korpusi
3.
Sintaktik korpus
4.
Parallel korpus
5.
Ta’limiy korpus
6.
Shevalar korpusi
7.
Poetik korpus
8.
Og‘zaki nutq korpus (og‘zaki suhbatlar matnlari korpusi)
9.
Aksentologik korpus (urg‘uli matnlar korpusi)
10.
Multimediyali korpus
11.
Multipark
12.
Tarixiy korpus (arixiy matnlar korpusi)
|
| |