KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 47 ~
PK matnlari yordamida katta hajmdagi ma’lumotlarga ega bo‘lish
mumkin. Ular quyidagilar bilan belgilanadi:
– ikki tilli va ko‘p tilli tarjima lug‘atlari yaratish;
– mashinani tarjimasi tizimlari lug‘atlarini yaratish va to‘ldirish
mumkin;
– kontekstni kompyuter yordamida tahlil qilish orqali ko‘p ma’noli
so‘zning kontekstual bir ma’nosini
qoldirish,
bunda kontekst uzunligi
bo‘yicha gapdan kengroq bo‘lishi mumkin;
– matnning terminologik va frazeologik
birliklarini tarjima qilish;
– semantik maydonlar va terminologik
tizimlarni formallantirish;
– tarjima universallarini o‘rganish;
– kompyuter xotirasida turli darajalarda
bir-biriga mos keladigan
asliy til korpuslari matnlari va ularning tarjimalarini to‘plash
orqali
tarjima xotirasiga ega yangi mashina tarjima tizimlari doirasida to‘liq
avtomatik tarjimani amalga oshirish.
Tarjima jarayonida bunday tizim tarjima
qilingan gap yoki uning
parchasini asl parallel matnlar qatorida topishga harakat qiladi.
Agar u
asl matnlardan topilgan bo‘lsa, unda tizim bunday gapning tarjimasi yoki
uning parchasini tarjima qilingan matnlar qatoridan tanlaydi.
Parallel korpuslarga namunalar:
•
Glosbe: https://glosbe.com/
•
Linguee: https://www.linguee.ru/
•
MyMemory: https://mymemory.translated.net
•
Opus: https://www.opus.lingfil.uu.se
•
Reverso: https://www.context.reverso.net
Rus va xitoy tillarining tematik matnlari korpusi
Parallel korpuslar (PK)
Qiyosiy korpus (QK)
rus tilidagi
original matnlar
xitoy tilidagi
tarjima matnlar
xitoy tilidagi
original matnlar