Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 author




Download 4,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/76
Sana31.05.2024
Hajmi4,46 Mb.
#258257
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76
Bog'liq
AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)

Manzura Abjalova
 
 
~ 32 ~ 
son, fe’l, ravish, olmosh so‘z turkumlarini aniqlaydi. Korpus 
lingvistikasida bu so‘zning turkumlik tegi hisoblanadi. So‘z turkumlarini 
teglash (ingliz tilida bu 
part-of-speech tagging 
(
POS tagging 
yoki 
PoS 
tagging 
yoxud 
POST
), rus tilida 
частеречная разметка 
deyiladi) 
matnni avtomatik qayta ishlash bosqichi boʻlib, uning vazifasi matnda 
qoʻllangan soʻz (shakl)larning turkumi va grammatik xususiyatlarini 
aniqlash hisoblanadi. Shu vazifasi bilan POS-tagging matnni avtomatik 
tahlil qilishning dastlabki bosqichlaridan biri sanaladi.
Korpus 
bazasidagi 
birliklarni 
annotatsiyalash 
uchun 
so‘z 
turkumlarini teglash (
POS-tagging, 
Part of Speech tagging – so‘z 
turkumini anglatuvchi belgi qo‘yish) muhim ahamiyat kasb etadi. STni 
bunday belgilash zarurati kompyuterning omonimlarni ajratmasligi bilan 
bog‘lanadi. 
Yaratilgan korpuslarning bunday xususiyatlari va o‘ziga xosliklari 
ular bilan ishlash imkoniyati hamda korpuslarning ahamiyatini oshiradi. 
Korpus lingvistikasida so‘z turkumlarini teglash, grammatik 
kategoriyalarni teglash
32
va so‘zlarni toifalashda noaniqliklarni bartaraf 
etish uchun so‘zni faqat uning lug‘atdagi shakliga asoslanib emas, balki 
matn (jumla)dagi ifodasi bo‘yicha uning turkumlik tegi va jumla 
(xatboshi, ibora)da boshqa so‘zlar bilan birikish imkoniyatini hisobga 
olish muhim sanaladi. Gap bo‘laklari teglarini identifikatsiyalash bir 
muncha qiyin jarayon. Sababi o‘zbek tilidagi jamiki so‘zlarni universal 
holda 12 turkum doirasida teglash imkoniyati yo‘q. So‘z uning jumla 
tarkibida reallashish holati va N-gramm
33
so‘zlarning semantik 
valentligiga 
binoan 
polifunksional bo‘lishi mumkin. Masalan: 

Shifoxonaga bemorni keltirishdi
” va “
Shifoxonaga bemor odamni 
keltirishdi
” jumlalarining 1-sida 
bemor
so‘zi turkumlik belgisi (kim? 
so‘rog‘iga javob berayotgan tushum kelishigidagi so‘z)ga ko‘ra ot 
turkumi, 2-jumlada esa (qanday? so‘rog‘iga javob beryapti) sifat turkumi 
32
Asiryan, A.K. 2017. Сравнение инструментов морфологической разметки.
Научный 
взгляд в будущее, 10.30888/2415-7538.2017-07-01-027.
33
Abjalova, M.A. 2020. Tahrir va tahlil dasturlarining lingvistik modullari. [Matn] : 
monografiya / M.A. Abjalova. - Toshkent: Nodirabegim. –176 b. ISBN 978-9943-6939-0-6. – B. 
73-77. 



Download 4,46 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76




Download 4,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 author

Download 4,46 Mb.
Pdf ko'rish