|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 33 ~
vazifasidagi so‘z hisoblanadi. O‘zbek tili izohli lug‘atida mavjud 11 000
o‘zlashma so‘zlardan 66 ta xuddi shunday polifunksional so‘zlar
aniqlandi.
Soʻz turkumlarini teglash (STT) uchun lingvistik bazada soʻzlar va
ularning turkumlari koʻrsatilgan roʻyxatning kiritilishi kifoya emas.
Yuqoridagi soʻz turkumini aniqlash holatidagi kabi izchillikning
yoʻqolishi yoxud bir shaklga ega polifunksional, omonim
34
yoki koʻp
manoli soʻzlarning gapda ifodalagan turkumini topish hatto mutaxassis
tilshunosni ham fikr yuritishga, izlanishga undaydi. Shuningdek, oʻzbek
tilidagi koʻpgina soʻzlar muayyan turkumga mansubligi aniqlanmagan.
Har bir tabiiy tilda mavjud bunday muammolar e’tiborga olinib STTda
bir necha usullarga tayaniladi.
Soʻz turkumlarini teglash usullari
Aksariyat hollarda soʻz turkumlarini teglashda quyidagi usul (metod,
algoritm)larga asoslaniladi:
•
qoidalarga asoslangan usul
•
stoxastik (yoxud statistik) usul.
QOIDALARGA ASOSLANGAN POS TEGLAR.
Eng azaliy
teglash usullaridan biri bu qoidalarga asoslangan POS-teglash sanaladi.
Bunda, asosan, Brill usuli qoʻl keladi. Qoidalarga asoslangan teggerlar
har bir soʻzni teglash uchun lugʻat yoxud leksikadan foydalanadilar.
Agar soʻzda (polifunksional, omonim, koʻp ma’noli soʻzlar nazarda
tutilmoqda) bir nechta teglar boʻlsa, unda qoidalarga asoslangan
teggerlar gapdagi soʻzning turkumlik tegini toʻgʻri aniqlash uchun qoʻlda
yozilgan qoidalardan foydalanadi. Yanada aniq teglarni berishda
soʻzning lingvistik xususiyatlarini undan oldingi va keyingi soʻzlarni
tahlil qilish orqali qoidalarga asoslanib belgilash orqali ham amalga
oshirilishi mumkin. Masalan, qaratqich kelishigidagi ismga mansub
soʻzdan soʻng kelgan lingvistik birlik egalik qoʻshimchasini olgan ot
turkumidagi soʻz hisoblanadi. Masalan,
sening uyim, akamning koptogi,
34
Abjalova, M.A., Yuldashev A. 2021. Methods for Determining Homonyms In Homonymy
And Linguistic Systems. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal.
Vol. 11, Issue 2, February. Impact Factor: SJIF 2021 = 7.492 (
https://saarj.com
). ISSN: 2249-
7137
|
| |