KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 25 ~
5.
KORPUSDA REPREZENTATIVLIK MASALASI
“Korpus” atamasi, odatda,
cheklangan, belgilangan o‘lchamdagi
matnlar to‘plamini anglatadi. Vaqt o‘tishi
bilan korpusning hajmi va
tarkibi o‘zgarishi mumkin, ammo bu o‘zgarishlar uning tuzilishiga ta’sir
etmasligi yoki uni yanada boyitishi kerak. Korpusning namoyondaliligi
(ko‘rimliligi) reprezentativlik (ingl.
representativeness
) deb ataladi.
Reprezentativlik
– matnlarning kerakli
hajmi hamda janrlar xilma-
xilligi evaziga til yoki uning bir qismini statistik
jihatdan ishonchli
namoyon etuvchi xususiyat. Korpusni reprezentatsiyalashda 2 ta masala
ko‘ndalang bo‘ladi: 1) hajm; 2) matnlarni saralash.
Hajm masalasi XX asrning 1960-1970-yillarida hal qilib bo‘lingan.
Bunda, korpus hajmida standart o‘lchov 1 mln so‘zshakl bo‘lishi
kerakligi qabul qilingan (Braun korpusi, Lankaster-Oslo-Bergen korpusi,
L.N.Zasorina tomonidan tahrirlangan rus tilining chastotali lug‘at
korpusi). Ushbu hajm tilning barcha xususiyatlarini aks ettirishga imkon
bermadi. Keyinchalik milliy (umumiy til) korpus kamida 100
million