|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 17 ~
Oslo-Bergen (LOB) korpusi (The Lancaster-Oslo-Bergen Corpus) deb
nomlashgan
21
.
Shunday qilib, dastlabki ikkita katta korpus – bu ingliz tilining
yozma amerikancha va britancha variantlari asosida yaratilgan
korpuslardir. Ikkala korpus ham hanuz foydali hisoblanadi, ularga ingliz
tilini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlarda tayaniladi. Ushbu
korpuslar yaratilganidan keyin o‘nlab yillar davomida kompyuterlar
arzonlashdi va ancha kuchliroq bo‘ldi, bundan tashqari, arzon va
ishonchli skanerlar matn terish ishlarini osonlashtirdi. Ushbu yutuqlar
korpuslarni yaratish jarayonini osonlashtirdi. Shu bois zamonaviy
korpuslarda hatto milliardlab so‘zshakl (token)lar mavjud. 1990-yilga
kelib 600 dan ortiq kompyuter korpuslari qayd etilgan. Manbalarda
yaratilgan korpuslarning yillar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha
hisoblangan
22
:
Davr
Korpuslar soni
1965-yilgacha
10
1966–1970
20
1971–1975
30
1976–1980
80
1981–1985
160
1986–1990
320
2022-yilga kelib
3 mingdan ortiq
Shubhasiz, keyingi yillarda yaratilgan korpuslar soni 3 mingdan
oshgan bo‘lib, ular xilma-xilligi va o‘ziga xosligi bilan farqlanadi. Ingliz
tilining (ingliz va Amerika variantlarida ham) zamonaviy korpuslari
orasida eng mashhurlari
Britan milliy korpusi
(British National Corpus –
BNC)
23
,
ingliz tilining xalqaro korpusi
(International Corpus of English
21
Захаров В., Богданова С. Корпусная лингвистика: учебник. 3-е изд., перераб. – СПб.:
Изд-во С.-Петерб. ун-та, 2020. – С. 25
22
Johansson S.
Some aspects of the development of corpus linguistics in the 1970s and 1980s //
Corpus Linguistics. An International Handbook / eds A. Lüdeling, M. Kytö. Vol. 1. Berlin; New
York: Walter de Gruyter, 2008. P. 33–53.
23
http://www.natcorp.ox.ac.uk/
yoki
http://sara.natcorp.ox.ac.uk
|
| |