KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 15 ~
Topshiriq.
Quyidagi sohalarda til korpuslaridan foydalanish
omillari yoki sabablarini ayting.
➢
Qiyosiy tilshunoslik
➢
Lingvodidaktika
➢
Mashina tarjimasi
➢
Tarjima sohasi
➢
Leksikografiya
Topshiriq.
Korpusdan foydalanuvchi mutaxassislarni yozib chiqing.
3.
TIL KORPUSLARINING YARATILISH TARIXI
Tilshunoslar
1960-yillarda
kompyuterlashtirilgan
matnlarning
birinchi korpuslarini tuzishdi. Birinchi kompyuterlashtirilgan korpus –
Braun korpusi, 1961-yilda AQShda ilk marta nashr etilgan kitoblar,
gazetalar, jurnallardagi 500 ta matnni o‘z ichiga olgan. Har bir matn
2000 so‘z (token)dan iborat bo‘lib, korpusda 1 mln so‘zshakldan iborat
jami 500 matn qamrab olingan (500*2000=1 mln). Korpus mualliflari
B.N.Frensis (W.N.Francis) va G.Kuchera (H.Kucera) hisoblanadi.
Manzura Abjalova
~ 16 ~
Braun korpusining namoyondaliligi va muvozanatini quyidagi o‘n
besh janr ta’minlagan
20
:
1) matbuot: reportaj;
2) matbuot: bosh maqola;
3) matbuot: sharhlar;
4) diniy matnlar;
5) ko‘nikmalar, mashg‘ulotlar, xobbilar to‘g‘risidagi matnlar;
6) ilmiy-ommabop adabiyot;
7) belletristika, biografiya, esselar;
8) turli xil (davlat hujjatlari, korxona hisobotlari, sanoat hisobotlari,
kollej kataloglari);
9) ilmiy ishlar;
10) badiiy adabiyot;
11) tasavvufiy adabiyotlar va detektivlar;
12) ilmiy proza;
13) sarguzashtli adabiyot;
14) ishqiy romanlar;
15) yumoristik asarlar.
Braun korpusini yaratishdan maqsad yozma ingliz tilining alohida
janrlarini tizimli o‘rganish va janrlarni taqqoslash bo‘lgan. Uning paydo
bo‘lishi umumiy qiziqish va qizg'in munozaralarni keltirib chiqardi.
Birinchidan, ular matnlarni tanlash prinsiplariga va korpus tarkibiga
e’tibor qaratishdi.
Keyinchalik yevropalik tadqiqotchilar 1961-yilda Buyuk Britaniyada
birinchi marta nashr etilgan matnlar asosida korpusni tuzishdi. Ushbu
korpusda aynan Braun korpusi prinsiplariga amal qilingan: 15 janrga
mansub, 2000 so‘z (shakl)dan iborat 500 ta matn. U ingliz tilining
britancha variantidagi 1 million so‘zshaklni o‘z ichiga olgan. Uni bitta
Britaniya va ikkita Norvegiya universitetlari nomlari bilan Lankaster-
20
Захаров В., Богданова С. Корпусная лингвистика: учебник. 3-е изд., перераб. – СПб.:
Изд-во С.-Петерб. ун-та, 2020. – С. 24.
|