• KORPUS LINGVISTIKASI Manzura Abjalova
  • Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 author




    Download 4,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/76
    Sana31.05.2024
    Hajmi4,46 Mb.
    #258257
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76
    Bog'liq
    AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)

    birinchi davr
    hisoblanib, 
    elektronlashishgacha 
    bo‘lgan davr
    deb nomlanadi (ing. 
    pre-electronic
    ). Ushbu davr ikki 
    bosqichdan iborat: 1) mil.avv. davrdan XVIII asrgacha; 2) XVIII asrdan 
    XIX asrning 60-yillarigacha (ko‘p manbalarda KorpLing shu davrdan 
    shakllana boshlagan deyiladi, ya’ni XVIII asrdan). 
    Birinchi bosqichda Panini tomonidan yaratilgan mashhur qadimgi 
    hind grammatikasiga dastlabki korpus sifatida ham qaraladi. U mil.avv. 
    V yoki IV asrlarda yaratilgan bo‘lib, matni og‘zaki she’rlar shaklida 
    og‘izdan og‘izga o‘tgan. Shuningdek, Panini grammatikasi o‘sha paytda 
    o‘lik bo‘lgan sanskrit tilini ifodalovchi veda matnlariga korpus 
    hisoblanadi
    4
    .
    Boshqa ko‘plab elektronlashishgacha bo‘lgan korpuslar ham turli 
    diniy kitoblar bilan bog‘liq bo‘lgan. Ular orasida Injil matnlari korpusi 
    eng mashhur bo‘lgan va eng ko‘p o‘rganilgan. Undagi so‘zlar ro‘yxatiga 
    mazkur Muqaddas kitobdagi she’rlarga havola ko‘rsatilgan bo‘lib, ular 
    simfoniya 
    yoki 
    konkordans
    deb nomlangan. Shunga bog‘liq ravishda ilk 
    konkordanslar XIII asrning boshlarida paydo bo‘lgan deyiladi.
    Ikkinchi bosqich lug‘atlarni yaratish va leksikografiyani rivojlantirish 
    bilan bog‘liq edi. Hozirgacha ma’lum bo‘lgan ko‘plab lug‘atlar mualliflar 
    tomonidan minglab kartotekalar asosida yaratilgan bo‘lib, ularni tasviriy 
    3
    Svartvik J.
     
    Corpus linguistics comes of age // Directions in Corpus Linguistics: Proceedings of 
    Nobel Symposium 82 Stockholm, 4–8 August 1991 / ed. J. Svartvik. Berlin; New York: Mouton 
    de Gruyter, 1992. P. 7–14.
    4
    Kopotev, 2014. – C. 21. 


    KORPUS LINGVISTIKASI
     
    Manzura Abjalova
     
    ~ 11 ~ 
    korpuslar deb hisoblash mumkin. Ushbu korpuslarning aksariyati hali 
    ham “Kartoteka” yoki “Lug‘at bo‘limi” deb nomlangan bo‘limlarda 
    saqlanmoqda. Bunday kartotekalar yordamida, masalan, Amerikacha 
    ingliz Noa Vebster lug‘ati, V.I.Dalning “Tirik buyuk rus tilining lug‘ati” 
    yaratilgan edi. 
    XIX asr oxiri – XX asr boshlarida lingvistik tadqiqotlar uchun, 
    shuningdek, amaliy muammolarni hal qilish uchun yaratilgan korpuslar 
    paydo bo‘ldi. Shunday dolzarb masalalardan biri til birliklarining 
    chastotasini hisoblash edi. Ushbu turdagi birinchi lug‘at nemis tilining 
    chastota lug‘ati sanaladi (Häufigkeitswörterbuch der deutschen Sprache). 
    Lug‘at 11 mln so‘zli korpus asosida nemis tilining stenografik tizimini 
    takomillashtirish uchun tayyorlangan bo‘lib, 1897-yilda Berlinda Fridrix 
    Vilgelm Keninng tahriri ostida nashr etilgan. Shundan beri turli tillar, 
    shu jumladan, o‘zbek tili uchun ko‘plab chastota lug‘atlari va ro‘yxatlari 
    yaratildi. Masalan, S.Rizayevning “O‘zbek sovet bolalar adabiyoti tilining 
    chastotali lug‘ati”. Lug‘at 1964-1974-yillarda nashr etilgan badiiy 
    asarlardan tanlab olingan, 100000 so‘z asosida elektron hisoblash 
    mashinasi yordamida tuzilgan. Lug‘at birligi sifatida tanlangan 
    so‘zshakllar soni 26752 ta. 1981-yilda R.Qo‘ng‘urov va S.Karimovlar 
    tomonidan “Zulfiya poeziyasining lug‘ati. Konkordans” tuzildi. 1986-
    yilda S.Rizayev va N.Bo‘ronovlar tomonidan “A.Qahhor “Sinchalak” 
    povesti tilining chastotali lug‘ati” yaratildi. 1987-yilda falsafa fanidan 
    chastotali lug‘at yaratildi. 2006-yilda D.O‘rinboyeva tomonidan “O‘zbek 
    xalq dostonlari tilining chastotali lug‘ati” ishlab chiqildi. Bu lug‘at uchun 
    “Alpomish”, “Ravshan”, “Rustamxon” dostonlari matni statistik tadqiqot 
    obyekti qilib olingan, unda 28 499 so‘z shakli statistik tahlil qilingan. 

    Download 4,46 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76




    Download 4,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 author

    Download 4,46 Mb.
    Pdf ko'rish