• Korpus va korpus lingvistikasi terminiga boshqa ta’riflar.
  • Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 author




    Download 4,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/76
    Sana31.05.2024
    Hajmi4,46 Mb.
    #258257
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
    Bog'liq
    AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)

    Manzura Abjalova
     
     
    ~ 6 ~ 
    V.
     
    KORPUS LINGVISTIKASIGA KIRISH 
     
    1.
     
    KORPUS LINGVISTIKASINING OBYEKTI, PREDMETI, 
    MAQSAD VA VAZIFALARI 
    Soha konsepsiyasi.
    Korpus lingvistikasi
    XX asrning 60-yillarida 
    kompyuter lingvistikasining bo‘limi sifatida shakllangan soha bo‘lib, 
    kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda lingvistik korpuslarni 
    (matnlar korpuslarini) qurish va ulardan foydalanishning umumiy 
    tamoyillarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 
    Lingvistik (leksik) korpus 
    yohud
    til (matnlar) korpusi
    muayyan 
    lingvistik muammolarni hal qilishga mo‘ljallangan, maxsus saralangan 
    va teglangan elektron shakldagi matnlar majmuasi hisoblanadi va 
    pragmatik ahamiyatga ega yirik elektron baza sanaladi. 
    Korpus va korpus lingvistikasi terminiga boshqa ta’riflar. 
    E.Finegan darsligida 
    korpus
    – matn yaratilgan vaziyat va unga tegishli 
    ma’lumotlar, jumladan, so‘zlovchi, muallif, adresat yoki auditoriya 
    haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, mashina o‘qiydigan formatga 
    ega reprezentativlangan matnlar majmuasi deya ta’rif beriladi. 
    Vikipediyada lingvistik, til yoki matnlar korpusi – annotatsiyalangan 
    va strukturlangan, mashina o‘qiydigan formatda taqdim etilgan, muayyan 
    lingvistik masalalarni hal etishga mo‘ljallangan til ma’lumotlarining 
    filologik kompetentli massivi, deb ta’riflanadi
    1
    .
    T.Mak-Eneri va E.Vilson shunday ta’rif beradi: korpus – til modeli 
    sifatida foydalanish uchun aniq til mezonlari bo‘yicha tanlangan til 
    fragment (qism / parcha)lari to‘plami. 
    J.Sinkler – korpus lingvistikasining asoschilaridan biri, korpusni 
    “tilni yoki tilning o'zgarishini to‘liq aks ettirish uchun tashqi mezonlarga 
    muvofiq tanlangan elektron shakldagi matnlarning parchalari to‘plami” 
    deb ta’riflaydi. 
    Rus tili milliy korpusida korpus “ma’lum bir tilda elektron shaklda 
    matnlar to‘plamiga asoslangan axborot-ma’lumot tizimi” deya ta’riflanadi. 
    1
     
    https://ru.wikipedia.org/wiki/Корпусная_лингвистика
      (2022). 



    Download 4,46 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




    Download 4,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 author

    Download 4,46 Mb.
    Pdf ko'rish