KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 9 ~
2.
KORPUS LINGVISTIKASINING SHAKLLANISHI VA
TARAQQIYOTI
Korpus lingvistikasi – matn (til / lingvistik) korpuslarini ishlab
chiqish, yaratish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanadigan soha,
aniqroq
aytganda, kompyuter lingvistikasining yo‘nalishi. Korpus
lingvistikasi (corpus linguistics) termini
ingliz tilidagi dastlabki
korpuslarning yaratilishi bilan yuzaga kelgan. Bu harakatlarga o‘sha
davrda tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishi sifatida qaralgan.
Corpus
linguistics
termini dastlab 1963-yilda ingliz tilidagi korpuslarning
yaratilishi bilan foydalanila boshlangan. Rossiyada mazkur termin 1996-
yilda
ingliz tili xalqaro korpusi
2
mualliflaridan Sidni Grinbaum
ma’ruzalari orqali kirib kelgan.
Korpus lingvistikasidagi tadqiqotlar 40-yillarda Blumfild,
Fritz va
Bonders tomonidan boshlangan. Nils Frensis va Genri Kuchera birinchi
bo‘lib korpus yaratish tamoyillarini ishlab chiqdi.
1980-yillardan
boshlab
esa
kompyuter
texnologiyalarining
rivojlanishi bilan korpuslarni yaratish taraqqiy eta boshlagan. 1990-
yillarning birinchi yarmida KorpLing yangi lingvistik yo‘nalish
sifatida
2
http://ice-corpora.net/ice
Manzura Abjalova
~ 10 ~
shakllandi. 1992-yilda KorpLing bo‘yicha birinchi Nobel simpoziumida
Dj.Svartvik o‘z materiallarining muqaddimasini “Korpus lingvistikasi
yetuklikka erishdi”
deb nomlagan
3
. XX asrning 90-yillaridan boshlab
korpus lingvistikasiga oid ilmiy tushunchalar
mukammalroq shakllandi,
turli xil manbalarda bu yangi yo‘nalish haqida bir-biriga yaqin ta’riflar
berila boshlandi (bir qancha ta’riflar oldingi mavzuda berildi).
Albatta, KorpLing shunchaki yuzaga kelmagan. Undan oldin
korpuslarni yaratish va korpus usullaridan foydalanishning ko‘p
asrlik
davri bo‘lgan. Biroq zamonaviy KorpLingdan asosiy farq materialni
saqlashning
elektron shakli emas, balki kartoteka usullari mavjud edi.
KorpLing tarixidagi bu