|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 7 ~
Mazkur ta’riflarda korpusning umumiy va asosiy jihatlari ko‘rinadi.
Bular: korpusning maqsadli yaratilishi, mashina (maxsus elektron)
formatida bo‘lishi, reprezentativlik va metalingvistik ma’lumotlarga
egalik.
E.Finegan korpus lingvistikasini tilning tabiiy ishlatilishini
o‘rganishga qaratilgan korpusni tuzish va undan foydalanish uchun zarur
faoliyat, deb ta’riflaydi.
Korpusdan foydalanish omillari.
Korpuslarni yaratishning
maqsadga muvofiqligi va ulardan foydalanish omillari quyidagilar bilan
belgilanadi:
1)
korpus hajmining yetarlicha ulkanligi (ayniqsa, reprezentativli)
va balanslashtirilganligi ma’lumotlar tipikligini kafolatlaydi va til
hodisalarining butun spektrini aks ettirishning to‘liqligini ta’minlaydi;
2)
har xil turdagi ma’lumotlar korpusda tabiiy holda (kontekstli
shaklda) joylashgan bo‘lib, bu ularni har tomonlama va obyektiv
o‘rganish imkoniyatini yaratadi;
3)
bir marta yaratilgan va tayyorlangan matnlar majmuasi
(ma’lumotlar to‘plami) turli tadqiqotchilar tomonidan turli maqsadlarda
qayta-qayta foydalanilishi mumkin;
4)
korpusda har xil uslubdagi materiallar bo‘lgani bois nutqiy
uslubga xos tadqiqotlarni pragmatik jihatdan o‘rganish imkoni yuqori
bo‘ladi;
5)
muayyan ijodkorga tegishli materiallarning tayyor elektron
to‘plami sifatida korpusdan ijodkorning lingvopoetikasi, yozish uslubi,
so‘z qo‘llash mahorati, leksik birliklarini qo‘llash statistikasini aniqlash
mumkin bo‘ladi;
6)
muayyan leksik birlikning uzual (kontekstdan tashqari) va
okkozional (kontekstdagi) ma’nolarini aniqlash imkoni oshadi.
Korpus leksik ma’lumotlar massivi sifatida muayyan davrda tilning
leksik tarkibi o‘zgarishi jarayonlari dinamikasini o‘rganishga, turli
janrlarda va turli mualliflarda leksik hamda grammatik xususiyatlarning
qo‘llanilishini tahlil qilishga imkon beradi. Korpuslar, shuningdek, turli
xil tarixiy va zamonaviy lug‘atlarni tayyorlashda ko‘p qirrali
|
| |