KORPUS LINGVISTIKASI
Manzura Abjalova
~ 5 ~
KIRISH
E’tiboringizga taqdim etilgan uslubiy qo‘llanma korpus lingvistikasiga
oid muhim ma’lumotlarni umumlashtiruvchi manba hisoblanadi.
Ma’lumotlar filologik ta’lim yo‘nalishlari
va mutaxassisliklarida
o‘qitiladigan “Korpus lingvistikasi”, “Parallel korpuslar”, “Kompyuter
lingvistikasi”, “Lingvistik tadqiqotlarda kompyuterli metodlar” kabi
fanlardan ma’ruza va seminar saotlarining asosini tashkil etadi.
Uslubiy qo‘llanmaning
maqsadi
talabalarni
korpus lingvistikasi
konsepsiyalari bilan tanishtirish, ularga korpus texnologiyalari asoslarini
o‘rganishda
yordam berish, korpus bilan ishlash ko‘nikmalarini
shakllantirish, lingvistik tadqiqotlar va ta’lim
jarayonida til korpuslari
ahamiyatini anglatish hisoblanadi.
Uslubiy qo‘llanmaning
vazifalari
:
⎯
talabalarni lingvistik tadqiqotlardagi
yangi paradigma bilan
tanishtirish;
⎯
talabalarni korpusga oid tadqiqotlar tarixi bilan tanishtirish;
⎯
talabalarni korpus lingvistikasining til va dasturiy vositalari bilan
tanishtirish;
⎯
talabalarda til korpuslari dasturiy ta’minoti
va lingvistik
resurslari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish;
⎯
talabalarni
korpus
ma’lumotlariga
asoslangan
lingvistik
tadqiqotlar bilan tanishtirish.
Ilovada korpus tilshunosligi atamalarining qisqacha lug‘ati –
GLOSSARIY keltirilgan.