KorpLing
ikkinchi davri
1960-yillardan boshlangan bo‘lib,
dastrlabki zamonaviy korpuslarning yaratilishi bilan bog‘liq. Uning ilk
samarasi Braun korpusi hisoblanadi. Ushbu davrning rivojlanishi 1980-
yillarda kompyuter texnologiyalarining ommalashishi bilan bog‘liq.
Elektron hisoblash mashinalarining ixtirosi va keng tarqalishi bilan
elektronlashishgacha yaratilgan korpuslar hech qayerga ketmadi.
Tilshunoslikning ba’zi sohalarida qog‘oz kartotekalar, qayin po‘stlog‘i
Manzura Abjalova
~ 12 ~
yoki loy taxtalaridagi matnlar bilan ishlash tadqiqot ishining muhim
qismi bo‘lib qolavergan. Umuman olganda, turli tillar va turli matnlar
uchun korpuslarning turlari hamda sonlarida katta tafovut mavjud.
Ta’kidlash joiz, KorpLingning lokomotivi, ingliz tili hisoblanadi.
XXI asrga kelib dunyo tilshunosligida, korpus lingvistikasini ilmiy-
amaliy jihatdan o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlari
kengaydi. Shunga muvofiq ravishda kompyuter lingvistikasida tilga oid
so‘zlarni lemmalash va teglash nazariyasi, korpus bazasini yaratish,
matnlarni tahlil qilish va tabiiy tilni qayta ishlash jahon tilshunosligida
dolzarb masalaga aylandi.
Rossiyada KorpLing rivojlanishi 2000-2004-yilda yaratilib, 2004-
yilda foydalanuvchilarga taqdim etilgan rus tilining milliy korpusi
(Национального корпуса русского языка / НКРЯ)
5
bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda
KorpLing
shakllanishi
2018-yillarda
nazariy
tadqiqotlar bilan boshlanib, 2021-yilda O‘zbek tilining ta’limiy korpusi
6
yaratilishi bilan rivojlandi.
Rus
korpusshunosligida
V.P.Zaxarov,
A.K.Kutuzov,
E.V.Nedoshivina, V.Rikov, V.Plungyan, M.Kopotev korpus, uning
turlari, xususiyatlari, korpusning ijtimoiy ahamiyati va korpusni yaratish
tamoyillarini tadqiq etgan. Mualliflik korpuslari bo‘yicha maxsus
tadqiqotlar O.Kukushkina, A.Polikarpov va E.Surovseva asarlarida
mavjud
7
.
O‘zbek tilshunosligida korpus lingvistikasi nazariy tadqiqotlari
jadallashgan, amaliy ishlanmalari foydalanuvchilar e’tiboriga taqdim
etilayotgan, o‘zbek kompyuter lingvistikasi zamirida shakllangan
navqiron soha hisoblanadi. O‘zbek korpusshunosligida yirik matnlar
ustida ishlash, maxsus yaratilgan elektron matnlar majmuining ko‘plab
tadqiqotlar va ta’limiy jarayonda asosiy manba bo‘lishi borasidagi fikrlar
dastlab A.Po‘latov
8
, A.Rahimov
9
lar tomonidan ilgari surilgan bo‘lsa,
5
http://ruscorpora.ru
6
http://uzschoolcorpara.uz/
7
Rus tili milliy korpusi [Elektron resurs]. http://www.ruscorpora.ru/search (murojaat vaqti:
1.04.2022).
8
Пўлатов А. Компьютер лингвистикаси. – Тoшкент: Akademnashr, 2011. – 520 б.
9
Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr. 2011. – 160 b.
|