|
Korpus lingvistikasi book · October 022 citation reads 1,207 authorBog'liq AbjalovaM.KorpLing.Uslubiyqollanma (1)Manzura Abjalova
~ 14 ~
Umuman, KorpLing XXI asr ilmi hisoblanadi. U bugungi kunda
jahon miqyosida lingvistikaning “tanasi”, kompyuter lingvistikasining
esa “dvigateli” sanaladi
19
.
Bugungi kunda korpus lingvistikasi tilshunoslikda nisbatan yangi
yondashuv sifatida tushuniladi, bu vaziyat tilni “real hayotda”
kompyuterlar va elektron korpuslar orqali ishlatishni o‘rganish bilan
bog‘lanadi.
Korpus lingvistikasi
tushunchasi ikkita xususiyat (yo‘nalish)ni
o‘zida qamrab oladi:
1) KL tadqiq sohasi, ya’ni korpusshunoslik hisoblanadi;
2) korpus tuzish bilan shug‘ullanadi.
Korpus lingvistikasi ba’zan “lingvistik tadqiqotlarning turli
sohalaridagi usullar to‘plami” deb nomlanadi. Tilshunoslikning sintaksis,
semantika va sotsiolingvistika kabi bo‘limlari til tuzilishini, tildan
foydalanishni tavsiflash va baholashga qaratiladi, korpus lingvistikasida
esa tilshunoslikning ko‘plab jihatlari e’tiborga olinadi. Lingvistik tahlil
usuli sifatida korpus lingvistikasi, shuningdek, qiyosiy o‘rganish
jarayonida tillar, lahjalar yoki til variantlari o‘rtasida umumiy va alohida
faktlarni aniqlashga qaratilgan qarama-qarshi tadqiqotlarda ham
ahamiyatli sanaladi. Lingvistik tahlilning ko‘plab turlari ulkan va keng
empirik ma’lumotlar bazasida asosli chiqadi.
XULOSA.
1. Til korpusi – milliy til birliklarining xususiyatlarini
aniqlash maqsadida elektron qidiruv imkoniyati mavjud tizim, tabiiy
tilning raqamlashgan yozma va og‘zaki matnlari jamlanmasi.
2. Undan lingvistlar, leksikograflar, kompyuter lingvistlari,
dasturchilar, muharrirlar, tarjimonlar, jurnalistlar, noshirlar, olimlar,
o‘qituvchilar, taʼlim oluvchilar va boshqa har qanday soha mutaxassisi
keng foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
3. Til taʼlimi hayotdan uzilib qolmasligi uchun muntazam ravishda
matnlar bazasi yangilanib boriladigan korpusga tayanish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
19
Захаров В., Богданова С. Корпусная лингвистика: учебник. 3-е изд., перераб. – СПб.:
Изд-во С.-Петерб. ун-та, 2020. – С. 26.
|
| |